Madinaxon ARSLANOVA,
Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarning qayta
tayyorlash va malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI
OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHDA MA’NAVIY-
MA’RIFIY TADBIRLARNING AHAMIYATI
Annotatsiya
123
Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining
muhim funksiyasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga
oshadi. Oiladagi tarbiya orqali shaxsga ma’lum bir siyosiy-g‘oyaviy dunyoqarash, ax-
loqiy me’yorlar va xulq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi.
2
Oilaviy qadriyatlar – oila mustahkamligi asosidir. Insonning oilaga nisbatan muno-
sabatining qay saviya va darajada ekanligi, avvalo, uning oila bilan bog‘liq qadriyatlar-
ga hurmati va sadoqati bilan belgilanadi.
Oilaviy qadriyatlar – jamiyatda shakllangan oila maqsadlarini tanlash hamda
uning faoliyati va munosabatlari vositalarini belgilashga ta’sir ko‘rsatuvchi oila haqida
tasavvurlar majmuasidir. Ular umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida tarkib topadi.
Oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash jamiyatning muhim vazifalari-
dan biri bo‘lib, ular poydevoriga oilaning butun hayoti va farzandlar tarbiyasi quriladi.
Oilaviy qadriyatlarni bola rivojlanishining ilk davrlaridanoq uning ongi va qalbiga
singdirib borish masalasi zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlarida o‘ziga xos
dolzarblik kasb etadi.
Milliy va xorijiy pedagogikadagi ilg‘or fikr va qarashlarni umumlashtirgan holda,
‘‘oilaviy qadriyatlar’’ tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: oilaviy qadriyat-
lar – jamiyatning umumiy ijtimoiy-ma’naviy me’yorlari va an’analariga muvofiq holda
ma’lum oila muhitida tarkib topadigan va avlodlar o‘rtasidagi tarbiyaviy vorisiylik ne-
gizida shakllanadigan hamda oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar natijasida
takomillashib boradigan, oila mustahkamligining asosini tashkil etuvchi ma’naviy va
moddiy qadriyatlar majmuasidir. Bolada oilalaviy qadriyatlar to‘g‘risidagi ilk tushun-
chalarning shakllanishi va takomillashuvi birinchi galda oilaning katta yoshdagi a’zola-
ri, xususan, ota-onalarning intellektual va ma’naviy-axloqiy xususiyatlari bilan bevosita
bog‘liqdir.
Shu bilan birga, alohida urg‘u berish lozimki, sog‘lom rivojlanishdagi bolalar
misolida o‘rganilgan bu masala imkoniyati cheklangan, xususan, aqli zaif bolalar
bilan bog‘liq holda hali yetarlicha tadqiq etilgan emas. Bugungi kunda imkoniyati
cheklangan bolalar ta’limi va tarbiyasiga ijtimoiy yondashuv nuqtai nazaridan qa-
ralayotgan ekan, ularning jamiyatga faol integratsiyalashuvi ularni oila muhitida-
gi tarbiyasi bilan bir qatorda, oila qurish bosqichiga ham izchil tayyorlab borishni
taqazo etadi.
Imkoniyati cheklangan bolalarning ta’limi va tarbiyasiga yurtimizda berilayotgan e’ti-
bor, ular uchun faoliyat ko‘rsatayotgan maxsus ta’lim muassasalari misolida ham namo-
yon bo‘ladi. Mazkur muassasalarda imkoniyati cheklangan, jumladan, aqli zaif bolalarga
ham ularning rivojlanish xususiyatlaridan kelib chiqib, ta’lim-tarbiya berib kelinmoqda.
Atoqli psixolog L. Vigotiskiy maxsus ta’limning umumiy rivojlanishga ko‘rsatadigan
ta’siri haqida to‘xtalar ekan, shunday yozadi: ‘‘Biror-bir amaliyot (operatsiya) ni bajarar
ekan, bola shuning o‘zida, u tayanadigan materialning har-xilligi va uning tarkibiga
kiruvchi alohida elementlardan mustaqil tarzda ma’lum strukturani shakllantirish qobi-
liyatini egallaydi”.
3
Bunda maxsus ta’limning maqsadi va vazifasi imkoniyati cheklagan
bolalarda ilk ko‘nikma va tajriba vositasida turli sohalardagi qobiliyatlarini shakllantirish
2
1001 savolga psixologning 1001 javobi. – Т., Respublika ‘‘Oila’’ ilmiy-amaliy markazi. Nizomiy
nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. 2015 y., 38-bet.
3
Л.С. Выготский. Умственное развитие детей в процессе обучения. Сборник статей.
Москва – 1985.
124
Do'stlaringiz bilan baham: |