“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz
O‘yin variantlari: o‘yinda bolalar o‘yinchoq mashinalar o‘rniga o‘zlari sakragan
holda chiziqni bosmasdan o‘tishni taklif qilish mumkin.
‘‘Sapalak’’ ( 5-6 yosh uchun)
O‘yin maqsadi: bolalarni muvozanatda ushlab, bir oyoqlab yurishga va masofani
chamalay olishga o‘rgatish.
Kerakli jihozlar: o‘yin maydoncha va silliq toshchalar.
O‘yinning borishi: O‘yindan avval 5 juft katak 2 qator qilib chiziladi. Shundan so‘ng
sanash yo‘li bilan o‘yinchilar ketma-ketligi aniqlanadi. Boshlovchi kichkinaroq yassito-
shni tanlaydi. So‘ngra o‘yinchi bir oyoqda chiziq boshidan sakrab, sapalakni katakka
tepib, chiziqlarga tushurmasdan olib o‘tadi. Kim oldin sapalakni hamma kataklariga
ketma-ket oyoq bilan tepib, olib o‘tsa o‘sha g‘olib chiqadi.
O‘yin variantlari: o‘yinda ishtirokchilarga dastlab 2 va 4 kataklarda sapalak
o‘yna shni taklif qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |