Xulosa va takliflar
Bitiruv malakaviy ish mavzusi bo’yicha olib borilgan izlanishlar natijasida
quyidagi xulosalar shakllantirildi:
1. Qabul qilinadigan investitsiya qarorlari darajasi, investorlar manfaatlari (davlat
manfaatlari, korporativ manfaatlar, xususiy qarorlar), moliyalashtirish usullari va
moliyalashtirishning davlat yoki bozor mexanizmlarini qo’llanilishiga qarab investitsiya
resurslarini baholashning usullarini va uslubiyotini farqlamoq kerak.
2. Investitsiyalarni moliyalashtirish amaliyotida xususiy investitsiya qarorlari
moliyalashtirishning har bir manbai qiymatini baholashdan kelib chiqmaydi (ularning
qiymati mohiyat e’tibori bilan har xil). Investitsiyalarni moliyalashtirishning davlat
mexanizmida aralash moliyalashtirish usuli ko’llaniladi va pulning vaqtli qiymati
nazariyasidan kelib chiqqan holda xar bir manba qiymatini baholash to’la-to’kis
o’tkazilmaydi. Byudjet mablag’larini, ichki bank kreditlarini, chet el investitsiyalarini,
xorijiy kreditlar va boshqalarni jalb qilish narxi loyiha tashabbuskorlari, investorlar,
asosiy kapitalning pirovard iste’molchilari uchun birdek bo’lmaydi.
3. Davlat va bozor mexanizmlaridan amalga oshiriladigan aralash, korporativ
moliyalashtirish investitsiyalar samaradorligini baholash usullari va ko’rsatkichlar tizimi
pulning vaqtli qiymati nazariyasiga asoslangan loyihaviy moliyalashtirishning loyihalarni
baholash kompleks metodologiyasi va uslubini nazarda tutmaydi. Loyihaviy
moliyalashtirishda esa investitsiya qarorlari loyiha bo’yicha sarflar va ko’riladigan
naflarni diskontlash usuli asosida amalga oshiriladi. Bunda, loyiha bo’yicha sof
diskontlangan daromad, daromadlilik indeksi, ichki daromadlilik normasi, sarflarni
qoplanish muddati va boshqalarning iqtisodiy, moliyaviy, byudjet, ekologik, ijtimoiy
va boshqa hisob-kitoblari qo’rsatkichlari tizimidan foydalangan holda qabul qilinadi.
4. Turli manba mablag’laridan, shu jumladan chet el investitsiyalari va kreditlaridan
tashkil topadigan investitsiya kapitali hammabopligi, ishonchliligi, tuzilmasining
murakkabligiga qarab, cheklanganligi, harakatchanligi, himoyasining bo’shligi tufayli
o’z muhitining soliq, bojxona siyosati va boshqa omillarga hushyor turadi.
Moliyalashtirish manbalarini shakllantirishda ularning narxini, xavfsizligini, kapital
talofatlari riskini minimallashtirish, hozirgi qiymatni saqlash va kapitallashtirish asosiy
vazifa hisoblanadi.
5. Investitsiya munosabatlarida, investitsiyalar faoliyati huquqiy sharoitlarni
ayriboshlash asosida, qo’shimcha risklarning paydo bo’lishi ehtimolligi ortib boradi.
Bu esa, jalb qilinadigan resurslar qiymatini baholashga mas’uliyat bilan yondashuvni,
investitsiyalashning muqobil imkoniyatlari va pirovard maqsadlarini har tomonlama
o’ylab, chamalab ko’rishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |