behuda yaratdikmi?!) oyatini o’qishni buyurdilar (Mo’minlar surasi, 115-oyat). Biz shu
oyatni o’qiganimizda, g’alaba qilib, g’animatlarni qo’lga kiritar edik». Ibn Sunniy
rivoyatlari
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
56
195/26. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar tong
otsa va kech kirsa:
[Allohumma as`aluka min faj`atil xoyri va a’uzu bika min faj`atish sharr», degan duoni
o’qir edilar. (Ma’nosi: Allohim, to’satdan yaxshilik bo’lishini Sendan so’rayman va
to’satdan yomonlik bo’lishidan Sendan panoh tilayman.) Ibn Sunniy rivoyatlari
196/27. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alay-hissalom Fotimaga (r.a.):
«Vasiyat qilgan narsamni eshitishdan seni nima to’sadi? Har tong va kechqurun:
«Ya hayyu ya qoyyumu bika astag’iysu faslih liy sha`niy kullahu va la takilniy ila nafsiy
torfata ‘ayn», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: Ey hay-tirik va qayyum sifatiga ega bo’lgan
Zot, Sendan yordam so’rayman. Sha’nimni har bir narsada isloh et va ko’z yumib
ochgunchalik muddat ham o’z holimga tashlab qo’yma.) Ibn Sunniy rivoyatlari
197/28. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasulullohga sollallohu alayhi vasallam bir
kishi ofat yetayotganidan shikoyat qildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Agar tong ottirsang:
«Bismillahi ‘ala nafsiy va ahliy va maliy», deb ayt, shunda senga biror narsa yetmaydi»,
deya nasihat qildilar. Haligi kishi shu duoni o’qigan edi, undan ofatlar ko’tarildi».
(Ma’nosi: Nafsimda, ahlimda va molimda Sening isming bilan boshlayman.) Ibn Sunniy
zaif isnod ila rivoyat qilganlar.
198/29. Ummu Salama onamizdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam tong otsa:
«Allohumma inniy as`aluka ‘ilman nafi’an va rizqon toyyiban va ‘amalan mutaqobbala»,
deb aytar edilar. (Ma’nosi: Allohim, Sendan foydali ilm, pokiza rizq, qabul bo’ladigan
amal so’rayman.) Ibn Moja va Ibn Sunniy rivoyatlari
199/30. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Tong otganida:
«Allohumma inniy asbahtu minka fiy ni’matin va ‘afiyatin va satrin faatimma ni’matika
‘alayya va ‘afiyataka va satroka fiddunya val axiroh», deb uch marta va kechqurun uch
marta aytgan kishiga Alloh shu duoda kelganidek, hammasini mukammal qilib beradi»,
dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sening ne’matingda, ofiyatingda, ayblar yopilgan holda tong
ottirdim. Meni dunyoyu oxiratda ne’matda, ofiyatda, ayblar yopilgan holatda bo’lishni
mukammal qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari
200/31. Zubayr ibn Avvomdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Banda tong ottirsa, bir nido qiluvchi nido qilib: «Malik va quddus sifatli
Allohni poklab yod etinglar», deydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari
Ibn Sunniyning rivoyatlarida: «Ey xaloyiq, malik va quddus sifatli Allohni poklab yod
etinglar, deb bir jarchi jar soladi», deyilgan.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |