www.ziyouz.com kutubxonasi
41
«Allohummahdiniy fiyman hadayta va ‘afiniy fiyman ‘afayta va tavallaniy fiyman
tavallayta va barik liy fiyma a’toyta va qiniy sharro ma qozoyta fainnaka taqziy va la
yuqzo ‘alayka va innahu la yazillu man valayta tabarokta robbana va ta’alayt». (Ma’nosi:
Ey Rabbim, hidoyat qilgan kishilaring qatori meni hidoyat qil, ofiyatda qilgan
kishilaringdek meni ofiyatda qil, yordam bergan kishilaringdek menga ham yordam ber.
Bergan narsalaringni menga barakali qil. Hukm qilgan narsalaringning yomonidan saqla.
Sen hukm qiluvchisan. Senga hukm qilinmaydi. Senga do’st bo’lgan kishilar aslo xor
bo’lmaydi. Ey Rabbim, Sen barakotli va oliy zotsan.) Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy, Ibn
Moja, Bayhaqiylar rivoyati
Ba’zilar Umar ibn Xattob (r.a.) rivoyatlarida kelgan quyidagi duoni o’qishni yaxshiroq
deyishadi:
«Allohumma inna nasta’iynuka va nastag’firuka va la nakfuruk va nu`minu bika va
naxla’u may yafjuruk. Allohumma iyyaka na’budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka
nas’a va nahfidu narju rohmataka va naxsha ‘azabaka inna ‘azabakal jidda bilkuffari
mulhiq. Allohumma ‘azzibil kafarotallaziyna yasudduna ‘an sabiylika va yukazzibuna
rosulaka va yuqotiluna avliyaak. Allohummag’fir lilmu`miniyna val mu`minat val
muslimiyna val muslimat vaslih zata baynihim va allif bayna qulubihim vaj’al fiy
qulubihimul iymana val hikmata va sabbithum ‘ala millati Rosulillah sollallohu alayhi
vasallam va avzi’hum ay yufu bi’ahdikallaziy a’hadtahum ‘alayhi vansurhum ‘ala
‘aduvvika va ‘aduvvihim ilahal haqqi vaj’alna minhum». (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan
yordam so’raymiz va Senga istig’for aytamiz, kufr keltirmaymiz, Senga iymon keltirib,
Senga fojirlik qiladiganlardan chetlanamiz. Ey Allohim, Senga sajda qilib, namoz o’qib,
ibodat qilamiz. Harakat etib, Senga intilamiz. Rahmatingni umid qilamiz, azobingdan
qo’rqamiz. Albatta, haqiqiy azobing kofirlarga ro’para qilinuvchidir. Ey Allohim, Sening
yo’lingdan to’sadigan, rasullaringni yolg’onchiga chiqaradigan va do’stlaringni
o’ldiradigan kofirlarni azobla. Ey Rabbim, mo’min-musulmon erkaklarning va mo’mina-
muslima ayollarning gunohlarini kechir. Ularning oralarini isloh etib, qalblarini ulfat qil,
qalblariga iymon va hikmat urug’larini soch. Ularni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
millatlarida sobitqadam qil va ahdlashgan narsalarida Sening ahding bilan vafo qilishni
ularga nasib et. O’zingning va ularning dushmanlariga qarshi ularga yordam ber. Ey haq
Iloh, bizni ulardan (ya’ni, nusrat berilganlardan) qil.)
Imom namozda bu duolarni o’qiyotganida, faqat o’ziga xoslab emas, balki jamoat uchun
qiladi. Rasululloh alayhissalom quyidagi hadislarida shunday qilishga buyurganlar.
132/3. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom: «Qavmga imom
bo’lgan kishi duoda o’zini xoslab olmasin. Agar shundoq qiladigan bo’lsa,
jamoatdagilarga xiyonat qilibdi», dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari
(Masalan, imom «gunohlarimni kechir», demasdan, «gunohlarimizni kechir», deb ko’plik
lafzida aytadi. – Tarjimon.)
Do'stlaringiz bilan baham: |