www.ziyouz.com kutubxonasi
6
marta bo’lsa ham, amal qilib qo’ying. Aslo tark etmang. Rasulullohdan vorid bo’lgan
sahih hadisda: «Agar sizlarga biror narsani buyursam, qodir bo’lganingizcha unga amal
qilinglar», deb aytilgan.
Fasl: Muhaddislar, faqihlar va boshqa ulamolar mavzu’-to’qima bo’lganidan tashqari
barcha rag’batlantiruvchi va ogoh etuvchi hadislarga fazilatli ibodatlarda amal qilish joiz,
deb aytishadi. Ammo halol-harom, oldi-sotdi, nikoh, taloq kabi hukmlarda faqat sahih va
hasan isnodli hadislarga amal qilinadi. Mabodo, zaif hadislar olinadigan bo’lsa, juda
ehtiyotkorlik bilan yo’l tutiladi. Shunga ko’ra, savdo-sotiq yoki nikoh masalalarida karih
ko’rilgan narsalar zaif hadislarda vorid bo’lsa, undan chetlanish mustahabdir. Vojib
emasdir.
Fasl: Zikr qilish mustahab bo’lganidek, zikr halqalarida o’tirish ham mustahabdir. Bunga
ochiq-oydin dalillar kelgan. Ularga, inshaalloh, o’rnida batafsil to’xtalamiz. Hozircha ikki-
uchta hadisni zikr qilish bilan kifoyalanamiz.
Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar jannat
bog’laridan o’tsangiz, sayl qilib (aylanib) ketinglar», dedilar. Shunda sahobalar: «Jannat
bog’lari nima, ey Rasululloh?» deb so’rashdi. Rasululloh: «Zikr halqalari», deb aytdilar».
Chunki Alloh taoloning farishtalari zikr halqalarini istab, dunyoni kezib yurishadi. Zikr
qilayotganlarni uchratib qolishsa, ularni o’rab olishadi.
Muoviya (r.a.) rivoyat qiladilar: «Sahobalar halqa bo’lib o’tirishganida, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam ularning oldiga chiqib: «Sizlarni bunday o’tirishga nima narsa
undadi?» deb so’radilar. «Allohni zikr qilish va bizni Islomga hidoyat qilganiga hamd
aytish uchun o’tiribmiz», de-yishdi sahobalar. Shunda Rasululloh: «Mana shuning uchun
o’tirdinglarmi? Sizlarga tuhmat qilgan holda, ont ichinglar, demayman-u, lekin menga
Jabroil (alayhissalom) kelib, Alloh taolo sizlar bilan farishtalariga faxrlanayotgani
xabarini berdi», dedilar».
Abu Said Xudriy va Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Bir qavm o’tirib, Allohni zikr qilsa, ularni maloikalar o’rab oladi va rahmat
qoplaydi. Ustlariga xotirjamlik tushiradi. Alloh ularni o’zining huzuridagilar (ya’ni,
farishtalar) bilan eslaydi», dedilar. Muslim rivoyatlari
Fasl: Zikr qalb yoki til bilan bo’ladi. Afzali qalb va til bilan birga bo’lganidir. Agar bittasi
ila kifoyalanishni xohlasangiz, qalb bilan bo’lgani afzal. Riyodan qo’rqib, qalb va til bilan
qilinadigan zikrlarni tark etish kerak emas. Balki Allohning roziligini tilab, doim zikr qilib
yurish lozim. Fuzayl (r.a.) yuqorida aytganlaridek, insonlar gapidan qo’rqib, bir amalni
tark qilish riyodir. Agar odamlarning mulohazasiga qarab ish tutilsa, ko’p yaxshilik
eshiklari yopiladi, dinning muhim ashyolari zoe’ bo’ladi. Bu yo’l oriflarning yo’li emas.
Oisha (r.a.):
Do'stlaringiz bilan baham: |