www.ziyouz.com kutubxonasi
170
bo‘linmaydi. Shu singari kar salom bersa va javobni xohlasa, til bilan aytib, ishora ila
javob beradi. Shunda u kishidan javob vojibligi soqit bo‘ladi. Agar tilsizga salom berilsa,
u tilsiz qo‘li bilan ishora qilib javob bersa, undan vojib soqit bo‘ladi. Chunki uning
ishorasi ta’bir o‘rniga o‘tadi. Agar tilsiz (duduq) ishora bilan salom bersa, javobga
haqdordir».
Fasl: Bir kishi salom bersa, so‘ngra yaqinroq bir joyda yo‘liqib qolsa, unga ikki va uch
marta, balki bundan ham ko‘proq salom berish sunnatdir.
617/5. Abu Hurayradan (r.a.) namozini yomon holda o‘qigan kishi haqida rivoyat
qilinadi. U kelib namoz o‘qidi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning salomiga alik
olgach, «Qaytadan namoz o‘qi. Chunki sen hali namoz o‘qimading», dedilar. U qaytib
namoz o‘qidi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom berdi. Hattoki, shuni
uch marta qildi.
618/6. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Agar sizlarning biringiz birodariga yo‘liqsa, unga salom bersin. Agar ular orasini daraxt
yo devor yoki tosh to‘sib ko‘yib, so‘ngra unga yana yo‘liqsa, salom bersin», dedilar. Abu
Dovud rivoyatlari.
619/7. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
sahobalari ketishayotganda ro‘paralaridan daraxt yoki adirlik chiqib qolib, o‘ng va
chapga qayrilib ajrashsa, so‘ngra yo‘liqishsa, yana bir-birlariga salom berishar edi. Ibn
Sunniy rivoyatlari.
Fasl: Agar ikki kishi yo‘liqib, har biri shu vaqtning o‘zida salom bersa yoki biri
boshqasidan keyin salom bersa, nima bo‘ladi? Bu haqda Qozi Husayn va Abu Sa’d
Mutavalliylar shunday deyishadi: «Ikkovi ham salomni boshlagan bo‘lib, ularning har
biriga salomga javob qaytarish vojib bo‘ladi». Ammo Abu Bakr Shoshiy esa: «Bunga
to‘xtalib bir oz javob berishga to‘g‘ri keladi. Agar biri ikkinchisidan keyin salom bersa,
javob bo‘ladi. Agar bir vaqtning o‘zida bo‘lsa, javob bo‘lmaydi», dedilar. Mana shu
Shoshiy aytgan fikr to‘g‘riroqdir.
620/8. Abu Jizyil Hujaymiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam huzurlariga borib, «Alaykassalam, ey Allohning rasuli», deganlarida, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Alaykassalam, demagin. Chunki u o‘liklarning salomidir»,
dedilar. Abu Dovud , Termiziy va boshqalar sahih isnod bilan rivoyat qilishgan.
Imom Navaviyning fikrlaricha, bu hadis salomning mukammal va yaxshiroq ekanini
bayon etishda vorid bo‘lgan. Bundan «salom emas» degan maqsad bo‘lmaydi. Vallohi
a’lam.
Imom Abu Homid G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» kitoblarida shunday deydilar: «Bu
hadisga binoan salomni «Alaykum assalom», deb boshlamoqlik makruhdir. Agar boshlab
ko‘ygan bo‘lsa, javob vojib bo‘ladi. Chunki u ham salom-da».
Fasl: Hamma so‘zdan oldin salomni boshlash musulmon kishiga sunnatdir. Sahih
hadislar va ummatning salafi va xalafining amali shunga muvofiqligi mashhurdir.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |