51-bob. Tong va kechqurunda o’qiladigan duolar
Bu bob juda kengdir. Bu kitobda undan katta bob yo’q. Men, inshaalloh, jumlalarni
muxtasar qilaman. Kim aytilganlarning hammasiga amal qilishga muvaffaq bo’lsa, Alloh
tomonidan unga fazldir. Kim hammasini jamlab aytishga ojiz bo’lsa, xohlagan bitta zikrni
aytsin.
Bu bobning asli Qur’oni karimdadir:
«Quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga hamd aytish
bilan (U zotni) poklang» (Toha, 130-oyat);
«Tunu kun Rabbingizga hamd aytish bilan (Uni) poklang» (G‘ofir, 55-oyat);
«Parvardigoringizni ichingizda yolvorib, qo’rqib, dildan ertayu kech yod qiling
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
50
va g’ofil kimsalardan bo’lmang!» (A’rof, 205-oyat);
Do'stlaringiz bilan baham: |