47-bob. Namozdan salom bilan chiqish
Namozdan salom bilan chiqish uning asosiy ruknlaridan biri, farzlaridan bir farzdir.
Uningsiz namoz namozga o’tmaydi. (Bizning mazhabimizda salom bilan chiqish vojib
sanaladi. – Tarjimon.) O’ng tomonga burilganda ham, chap tomonga burilganda ham
«Assalamu ‘alaykum va rohmatulloh», deb aytadi. Ammo «va barokatuh»ni qo’shmaydi.
48-bob. Kishi namozda turganida bir odam gapirsa, unga nima deydi?
147/1. Sahl ibn Sa’d Soidiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kimning namozida biror hodisa yuz bersa:
«Subhanalloh», deb aytsin», dedilar. Boshqa bir rivoyatda: «Agar biror ish sodir bo’lsa,
erkaklar tasbih aytsin, ayollar qarsak chalsin», deyilgan. Yana boshqa bir rivoyatda:
«Tasbih erkaklar uchun, qarsak ayollar uchun», deyiladi. Buxoriy va Muslim rivoyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |