Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
277
DUOLARNI JAMLOVCHI KITOB
337-bob Hamma vaqtlarda muhim va mustahab bo‘lgan duolar
Bilingki, bu kitobni yozishdan maqsadimiz hamma vaqtlarda mustahab, muhim bo‘lgan
duolarni zikr qilishdir. Bilingki, bu bob juda keng bo‘lganidan uni qamrab olish imkoni
yo‘qdir. Lekin buning ahamiyatlilariga ishora qilaman. Zikr qilingan duolarning avvali
Qur’onda kelgan. Uni Alloh taolo payg‘ambarlar va yaxshilar tilidan xabar bergan.
Keyingilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sahih bo‘lganidir. U zot unga amal
qilganlar yoki boshqalarga o‘rgatganlar. Bu qism juda ko‘pdir. Oldingi boblarda ham bu
jumlalar keldi. Men undan Qur’onga ko‘shilib kelgan sahihlarinigina zikr qilaman.
994/1. Nu’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Duo - ibodatdir», dedilar. LbuDovud, Termiziy, Nasaiy va Ibn Mojalar
rivoyati.
995/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘p
narsalarni o‘zida qamrovchi duolarni yaxshi ko‘rardilar. Va bundan boshqasini tark
qilardilar. Abu Dovud rivoyatlari.
996/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taologa duodan ko‘ra ikromli narsa yo‘q», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar
rivoyati.
997/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kimni g‘amginlik va qiyinchilikda Alloh taolo duosini ijobat etmog‘i xursand qilsa,
kengchilikda ham duoni ko‘paytirsin», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
998/5. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘p
(qilib yuradigan) duolari
«Allohumma atina fid-dunya hasanatav vafil axirati hasanatav vaqina azaban-nar» edi.
(Ma’nosi: Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgin, oxiratda ham
yaxshilik ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin.) Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Muslimning rivoyatlarida: «Agar Anas (r.a.) iltijo qilmoqni xohlasalar, mana shuni
aytardilar. Agar duo qilishni xohlasalar, mana shuni aytardilar», ziyoda qilingan.
999/6. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Allohumma inniy as'alukal huda vattuqo val ‘afofa val g‘ina», deb aytardilar
(Ma’nosi: Allohim, Sendan hidoyat, taqvo, iffat va boylik so‘rayman.) Imom Muslim
rivoyatlari.
1000/7. Toriq ibn Ashim al-Ashja’iydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Agar kishi Islomga
kiradigan bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga namoz o‘rgatardilar. So‘ngra
mana bu kalimalar ila duo qilmoqni buyurardilar:
«Allohumma ig‘fir liy varhamniy vahdiniy va ofiniy varzuqniy» (Ma’nosi: Allohim, meni
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |