www.ziyouz.com kutubxonasi
239
Va yana harom g‘iybatlardan biri - ba’zi kishilar unday qildi yoki ba’zi faqihlar yoki ba’zi
ilmni da’vo qiluvchilar yoki ba’zi muftiylar yoki ba’zi o‘ziga islohni nisbat beruvchilar yoki
zuhdni da’vo qiluvchilar yoki bugun oldimizdan o‘tgan ba’zi kishilar yoki ba’zi bir ko‘rgan
kishilar bunday qildi, deb bu bilan xitob qilingan shaxsning o‘zini tushunilmoqlikdir.
Va yana ana shu g‘iybatlardan biri - faqih va obidlarning g‘iybatidir. Chunki ular ochiq-
oydin anglanganidek g‘iybatga yo‘liqurlar. Ularning biriga falon kishining ahvoli qanday
deyilsa, bas, u Alloh bizni isloh qilsin yoki Alloh bizni mag‘firat qilsin yoki Alloh uni isloh
qilsin yoki Allohdan ofiyatni so‘raymiz yoki zulm qilish bilan balolab qo‘ymaganiga
Allohga hamd bo‘lsin yoki yomonlikdan Alloh nomi ila panoh tilaymiz yoki hayo ozligidan
Alloh bizni ofiyat qilsin, Alloh tavbalarimizni qabul qilsin kabi noqislikni anglanadigan
so‘zlarni aytmoqlikdir.
Va yana ana shu g‘iybatlardan biri - falon kishi ham barchamiz balolangan narsa bilan
balolandi yoki hammamiz qiladigan hiylani u ham mol topishda ishlatadi, deb
aytmoqlikdir.
Yana ham to‘g‘rirog‘i yuqorida aytganimdek, kishining kamchiligini xitob qiluvchidan
anglanmog‘idir. Biz buni yuqorida Imom Muslimdan qilingan rivoyatda zikr qildik.
Fasl: Bilingki, g‘iybat qiluvchiga g‘iybat harom bo‘lganidek, eshituvchiga ham uni eshitib
iqror bo‘lish haromdir. Bir insonning harom bo‘lgan g‘iybatni boshlaganini eshitsa, agar
zohiriy zarardan qo‘rqmasa, uni g‘iybatdan man qilishi vojib bo‘ladi. Modomiki,
qo‘rqadigan bo‘lsa, qalbi bilan uni inkor qilib, ana shu majlisdan ajrab chiqib ketishi vojib
bo‘ladi. Agar tili bilan inkor qilishga yoki g‘iybatni boshqa so‘z bilan kesishga qodir
bo‘lsa, uni lozim tutadi. Agar bunday qilmasa, gunohkor bo‘ladi. Bordi-yu tili bilan jim
bo‘l, desa-yu qalbi bilan u g‘iybat davom etishini xohlasa, Abu Homid G’azzoliy
aytganlaridek, ana shu nifoq bo‘lib, gunohdan uni xalos eta olmaydi. Xalos etish uchun
qalbi bilan ham g‘iybatni karih ko‘rmog‘i lozim.
Qachonki ana shunaqa g‘iybat qilinayotgan maqomda o‘tirishga majbur bo‘lib qolsa-yu,
inkor qilishdan ojiz bo‘lsa yoki qaytarsa-yu g‘iybatdan kishilar qaytmasa va ana shu
yerdan ajralishga ham imkon topmasa, u holda g‘iybatni eshitib quloq tutishi harom
bo‘ladi. Balki bundagi eng to‘g‘ri yo‘l - tili va qalbining o‘zi bilan Allohni zikr qilmog‘i yoki
eshitmaslik uchun boshqa narsalar haqida fikr yuritmokdikdir. Mana shundan keyin
mazkur holatda g‘iybatning quloqqa chalinishining zarari yo‘q. Ana shu g‘iybatda yana
bardavom bo‘laversalar, unda ulardan chetlashmoq lozim bo‘ladi. Bu haqda Alloh taolo
An’om surasining 69-oyatida: «Qachon Bizning oyatlarimizni (masxara qilishga)
kirishayotgan kimsalarni ko‘rsangiz, to boshqa gapga kirishgunlaricha ulardan yuz
o‘giring! Endi agar shayton yodingizdan chiqarsa, eslaganingizdan so‘ng bu zolim qavm
bilan birga o‘tirmang», deb aytgan.
Ibrohim ibn Adhamdan rivoyat qilinadi. Bu zot bir ziyofatga chaqirilganida, u yerga
bordilar. U yerdagilar ziyofatga kelmagan bir kishini zikr qilib, uni og‘ir kishi, deb
aytishdi. Shunda bu zot: «Men kishilar g‘iybat qilinadigan yerda hozir bo‘lib qolibman»,
deb u yerdan chiqib ketdilar va uch kun ovqatlanmadilar.
Bu haqda quyidagi she’rlar bitilgan:
Tilingni tiyganing kabi qabih so‘zlardan,
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |