www.ziyouz.com kutubxonasi
236
Nafslariga mujohada qiluvchilarning sukutni afzal ko‘rishlariga sabab ular so‘zdagi
ofatlarni, nafs u ofatlardan nasibador bo‘lishini, maqtovli sifatlarini namoyon bo‘lishini,
nutqni chiroyli qilib, kishilar orasida ajralib turishga moyillikni va bundan boshqa
ofatlarni bilganliklari uchundir. Mana shu sukut qilish riyozat arboblarining sifatlaridan
bo‘lib, darajalarni hukm qilishdagi va xalqni tarbiya etishdagi muhim narsalardan biridir.
Bu haqda quyidagi she’rlar ham bitilgan:
Tilingni saqlagin, ey inson,
Boshingga g‘am-kulfat solmasin.
Til - go‘yoki zaharli ilon,
Ehtiyot bo‘l, chaqib olmasin.
Qabrda yotur ming-minglab odam,
Vafot etgan til sababidan.
Qo‘rqar ekan hatto botir ham,
Til zahri-yu va g‘azabidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |