307-bob Xitob qilinayotgan kishilarga so‘zni bayon qilib, sharhlab berishning
mahbubligi haqida
854/1. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlari
batafsil bo‘lib, har bir eshitgan kishi fahmlar edi. Abu Dovud rivoyatlari.
855/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror kalima
so‘zlasalar, uch bor takrorlardilar. Hattoki, uni anglab olinar edi. Agar biror qavm
huzuriga kelsalar, ularga salom berardilar. Salomlari uch bor bo‘lar edi. Imom Buxoriy
rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |