258-bob Xo‘roz qichqirig‘i, eshak hangrashi va it vovillashini eshitganda
aytiladigan zikrlar
755/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Agar eshakning hangrashini eshitsangizlar, Alloh nomi ila shaytondan panoh tilanglar.
Chunki u shaytonni ko‘rgandir. Agar xo‘roz qichqirig‘ini eshitsangizlar, Allohdan Uning
fazlini so‘ranglar. Chunki u farishtani ko‘rgandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
756/2. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Agar kechasi it vovillashini va eshakning hangrashini eshitsangizlar, Alloh nomi ila
panoh so‘ranglar. Chunki ular sizlar ko‘rmaydigan narsani ko‘radi», dedilar. Abu Dovud
rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |