245-bob Bola va shogird hamda o‘quvchining otasi, ustozi va shayxining ismini
aytib chaqirishdan qaytarilgani xususida
736/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘g‘li
bilan ketayotgan bir kishini ko‘rib, uning o‘g‘liga «Bu kim?» dedilar. Haligi bola: «Otam»,
deb javob berdi. Shunda u zot: «Otangdan oldin yurma, unga qarshi ish qilib so‘kishiga
sababchi bo‘lma, undan yuqorida o‘tirma va ismi bilan chaqirma», dedilar. Ibn Sunniy
rivoyatlari.
737/2. Ubaydulloh ibn Zahrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Otasining ismini aytib chaqirish va
yo‘lda ketayotganda old tomonida yurish oq bo‘lishlikdandir, deyildi. Ibn Sunniy
rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |