«Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va
egalariga salom bermaguningizgacha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun
yaxshiroqdir. Shoyad, eslatma-ibrat olsangizlar» (Nur surasi, 27-oyat).
«Qachon go‘daklaringiz balog‘atga yetsalar, bas, ular ham xuddi ulardan ilgari
(balogatga yetganlar) kabi izn so‘rasinlar! Alloh Uz oyatlarini sizlarga mana
shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir» (Nur surasi, 59-oyat).
«(Ey Muhammad), sizga Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari haqidagi xabar
keldimi?» (Vaz-Zoriyot surasi, 24-oyat).
Bilingki, salomning asli Qur’on, sunnat hamda ijmo’da sobitdir. Ammo uning masala va
furu’larini ihota qilish kitobxon uchun ko‘plik qiladi. Shuning uchun yengil boblarda
maqsadni qisqa holda, inshaalloh, bayon etdim. Alloh shuni hidoyat etsin hamda
yuqoridagi rivoyatlarni mavzuimizga muvaffaq qilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |