Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
131
485/1. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn
Ubodanikiga
iftorlik qilgani borganlarida, u non va yog’ qo’ydi. Rasululloh sollallohu alyhi
vasallam
ulardan tanovul qilib, so’ng: «Aftora ‘indakum soimuna va akala to’amakum al-
abroro va sollat ‘alaykum al-malaikah», deb aytdilar. (Ma’nosi: Ro’zadorlar sizlarning
huzuringizda iftor qilishdi. Yaxshilar ovqatlaringizdan tanavvul qilishdi.
Va farishtalar
sizlarga salovot aytishdi.) Abu Dovud rivoyatlari
486/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam biror qavm
huzurida iftor qilib, og’izlarini ochsalar: «Aftoro ‘indakumus soimun»,
deb yuqoridagi
duoni oxirigacha aytar edilar. Ibn Sunniy rivoyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: