68-bob. Ijobat bo’ladigan soatlarga to’g’ri kelishini umid etib, kechaning
hammasida duo qilish
268/1. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kechasida bir soat bor. Musulmon kishi ana shu soatga to’g’ri kelib, Allohdan dunyo va
oxirat yaxshiliklarini so’rasa, Alloh unga beradi. Bu soat har kechada bo’ladi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari
69-bob. Allohning go’zal ismlari
A’rof surasining 180-oyatida:
«Allohning chiroyli ismlari bor. U bilan duo qilinglar», deb aytilgan.
269/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh taoloning to’qson to’qqizta – bir kam yuzta ismi bor. Kim uni sanasa, jannatga
kiradi. Alloh toqdir, toqni yaxshi ko’radi», dedilar.
Bu hadisni shu yergacha Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilishgan. Davomida
Imom Termiziy va boshqalar Alloh taoloning ismlarini keltirishgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |