O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 Ekskursiya xizmatining asosiy va individual



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/283
Sana26.09.2021
Hajmi2,95 Mb.
#185887
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   283
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

4.4. Ekskursiya xizmatining asosiy va individual 
 matnini tayyorlash 
 
Matn  ekskursiya  xizmati  tarkibiga  kiruvchi  barcha  mavzuostilarni  to‘liq 
yoritish  uchun  zarur  bo‘lgan  ma’lumotlar  to‘plami  hisoblanib,  gid  hikoyasini 
mavzu  bo‘yicha  yo‘nalishini  ta’minlashi,  unda  fakt  va  hodisalarga  nisbatan  aniq 
nuqtai nazarlar shakllangan bo‘lishi kerak. Matn quyidagi talablarga javob berishi 
lozim: 

qisqa va lo‘ndaligi; 

fikrlar aniqligi; 

mavzuga oid axborotlarning yetarliligi; 

mavzu to‘liq yoritilganligi; 

mavzu oid axborotlar adabiy tilda berilganligi. 


79 
 
Ekskursiya xizmati matni ijodiy guruh tomonidan yangi mavzuni tayyorlashda 
tuziladi  va  nazorat  funksiyasini  bajaradi.  Har  bir  gid  o‘z  hikoyasini  ushbu  matn 
asosida (asosiy matn) tayyorlaydi. 
Asosiy  matndagi  ma’lumotlar  ko‘p  hollarda  xronologik  tartibdagi  mazmunga 
ega bo‘ladi. Bu matn ekskursiya xizmatining tartibini aks ettirmaydi va ekskursiya 
ob’ektlarini  marshrutdagi  tahlil  qilinishi  ketma-ketligida  ham    tuzilmaydi.  Asosiy 
matn  turli  manbalardan  tanlab  olingan  ma’lumot  bo‘lib,  ushbu  mavzu  bo‘yicha 
o‘tkaziladigan  barcha  ekskursiya  xizmatlari  uchun  asos  bo‘ladi.  Asosiy  matndagi 
holatlar va xulosalardan foydalanib, gid o‘zining individual matnini tuzadi. Asosiy 
matn ma’lumotlaridan shu mavzudagi boshqa ekskursiya xizmatlarini tayyorlashda, 
turli  toifadagi  ekskursantlar  (bolalar  va  kattalar)  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan 
holda foydalanish mumkin.  
Asosiy  matnga  gid  hikoyalari  uchun  zarur  bo‘ladigan  ma’lumotlardan 
tashqari,  kirish  so‘zi,  ekskursiya  mavzusi  bo‘yicha  xulosalar,  mantiqiy  o‘tishlar 
uchun  ma’lumotlar  ham  kiritilishi  mumkin.  Asosiy  matn  foydalanishga  qulay 
bo‘lishi, sitatalar, raqamlar va misollar manbalari ko‘rsatilishi kerak.  
Ekskursiya  hikoyasining  asosi  gidning  individual  matni  hisoblanib,  u  gidga 
hikoyani mantiqiy, aniq ketma-ketlikda tuzishga yordam beradi. Bunday matnni har 
bir gid o‘zi mustaqil tayyorlaydi.  
Agarda asosiy matn puxta ishlangan bo‘lsa, individual matnlarning mazmuni 
bir xil bo‘ladi, lekin nutqning turli jilosi, turli so‘zlar, hikoyadagi  turlicha ketma-
ketlik,  hatto  bir  holatni  isbotlovchi  dalillar  har  xil  bo‘lishi  mumkin.  Tabiiyki, 
barcha gidlar bir ob’ekt oldida turib, bir xil narsani hikoya qilishadi.  
Asosiy  matnni  tuzishda  yuqori  malakaga  ega  bo‘lgan  gidlardan  iborat  ijodiy 
guruh  jalb  qilinadi.  Shuning  uchun,  yangi  ekskursiya  xizmati  mavzusini 
tayyorlayotgan  gid  undan  oqilona  foydalanishi  kerak.  O‘zi  uchun  yangi  bo‘lgan 
ekskursiya  mavzusini  tayyorlayotgan  gid  ungacha  butun  bir  jamoa  mehnati  bilan 
yaratilgan  natijaga  erisha  olmaydi.  Gid  yangi  mavzu  ustida  ishlashda  dastlabki 
tayyorgarlikdan o‘tib bo‘lganidan so‘ng (ma’lumotlarni yig‘ish, o‘rganish va ishlov 


80 
 
berish) asosiy matn bilan tanishadi. Bu jarayon unga hikoya uchun ma’lumotlar va 
mavzuostilarni  yoritishda,  misollar  tanlashda,  ekskursiya  mavzusi  bo‘yicha 
umumiy xulosalarga kelishga yordam beradi. Asosiy  mantga o‘z vaqtida  murojaat 
qilish  boshlovchi  gidni  ekskursiya  xizmatiga  yuqori  darajada  tayyorgarligini 
ta’minlaydi. 
Individual  matnning  asosiy  matndan  farqi  shundaki,  u  ekskursiya  xizmati 
tarkibiy  tuzilishi  va  uslubiy  ishlanmasi  bilan  to‘liq  uyg‘unlikda  tayyorlanadi. 
Individual matnda ob’ektlarning ko‘rsatilishi tartibiga qarab ma’lumotlar taxlanadi 
va aniq qismlarga bo‘linadi. Har bir qism bitta mavzuostiga bag‘ishlanadi. Ushbu 
talablardan  kelib  chiqib,  tuzilgan  individual  matn  ekskursiya  xizmatida  hikoya 
qilish  uchun  tayyor  hisoblanadi.  Individual  matn  mazmuni  ekskursiya  xizmatida 
nimani  hikoya  qilish  kerak  bo‘lsa,  shundan  tarkib  topadi.  Tarixiy  voqealarni 
yoritishda,  ularning  ahamiyatliligini  baholashda  qisqartirishlar  bo‘lmasligi,  faktlar 
sanalarsiz,  manbalarga  havolasiz  berilishi  mumkin  emas.  Bu  xildagi  matn  notiq 
nutqining  o‘ziga  xosligini  ta’minlaydi.  Gidning  hikoyasi  ko‘rilayotgan  ob’ektlar 
bilan  bog‘langan  alohida  qismlardan  iborat.  Bu  qismlar  har    bir  mavzuostilar 
bo‘yicha xulosalar va mavzuostilar orasidagi mantiqiy o‘tishlar bilan birlashtiriladi. 
Individual  matn  tuzayotgan  gid  o‘z  nutqidagi  mantiqiylikni,  ekskursantlarga 
hikoya va namoyishning uyg‘unlikdagi ta’sirini unutmasligi kerak. Ekskursantlarga 
ma’lumotlarni  jonli  qilib  yetkazish  ko‘ngilochar  harakatlarga  aylanmasligi, 
maksimal  o‘rganish  va  minimal  ko‘ngil  ochish  formulasiga  rioya  etish  zarurdir. 
Ekskursiya  mavzusini  tayyorlash  jarayonida  rivoyatlar  alohida  o‘rin  tutadi  va 
ulardan me’yorida foydalanish talab etiladi. 
Mazmunan har ikki matn ham (asosiy va individual) bir-biriga mosdir. Agarda 
asosiy  matn  to‘g‘ri  tuzilsa,  ushbu  mavzudagi  barcha  gidlarning  individual 
matnlarida  «standartlar»  mavjud  bo‘ladi  (mazmuni  bir  xil,  tarixiy  faktlar, 
voqealarni baholashda, faktlar va xulosalarda o‘xshashliklar kuzatiladi). 
Biror  bir  ob’ektni  tahlil  qilishda  gidlar  bitta  narsani  ko‘rsatadilar  va  hikoya 
qiladilar.  Bu  jarayonda  asosiy  matnning  etalonligi  seziladi,  lekin  bir  xil 


81 
 
mazmundagi  matnda  gid  nutqning  turli  jilosidan  foydalanishi,  faktlar,  raqamlar, 
misollarni  turlicha  ketma-ketlikda  berish  mumkin.  Ekskursiya  mavzusining 
individualligi uni olib borayotgan gidning hissiyotlilik darajasida namoyon bo‘ladi. 
Ular  ob’ektning  oldida  turib  hikoya  va  ko‘rsatishning  turli  usullarini  qo‘llashlari, 
ma’lum  bir  holatni  turli  misollar  bilan  yoritishlari  mumkin.  Matnni  yozishda 
individuallik bo‘lishi maqsadlidir. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish