Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/529
Sana26.09.2021
Hajmi5,65 Mb.
#185777
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   529
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Ochiq  boshlang‘ich  kod.  Zamonaviy  moliyaviy  hizmatlar  tarmog‘i  – 

eskirib  qolgan  tizimlarning  ulkan  texnologikto‘plami  bo‘lib,  istalgan  payt  qulashi 

mumkin.  Uni  texnologik  jihatdan  takomillashtirish  qiyin,  chunki  har  bir 

innovatsiya  uchun  qaytuvchan  bo‘la  olishlik  talab  qilinadi.  Blokcheyn  esa,  ochiq 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

boshlang‘ich kodli tizim bo‘lgani holda, doimiy ravishda o‘zgarishi, rivojlanishi va 



tarmoq  murosasi  asosida  takomillashishi  mumkin.Bu  afzalliklar  –  attestatsiya 

qilish imkoniyati, ancha past qiymat, bir lahzali tezlik, risklarning pasayishi, katta 

innovatsiya,  moslashuv  qobiliyati  –  istiqbolda  nafaqat  to‘lovlarni,  balki  qimmatli 

qog‘ozlar  bilan  operatsiyalarni,  investitsion  bank  hizmatlari  ko‘rsatishni, 

buxgalteriya  hisobi  va  auditni,  venchurli  investitsiyalarni,  sug‘urtalashni, 

tadbirkorlik  risklarini  boshqarishni,  xususiy  shaxslarga  bank  hizmatlari  ko‘rsatish 

va tarmoqning boshqa asoslarini o‘zgartirishi mumkin.Odamlar o‘z ma’lumotlarini 

o’zlari nazorat qilishlari kerak. Har bir kishi o‘z shaxsiyati haqida nimani, qachon, 

qaerda  va  qanchalik  batafsil  gapirib  berish  haqida  o‘zi  qaror  qabul  qilishga 

haqlidir.  Shaxsiy  ma’lumotlarning  dahlsizlik    huquqini  hurmat  qilish  va  shaxsiy 

ma’lumotllarning  havfsizligini himoya  qilish  –  ikkalasi  bir  xil  narsa  emas.  Bizga 

unisi  ham,  bunisi  ham  kerak.  Bir-biriga  ishonish  zaruratini  bartaraf  qilib,  Satosi 

Nakomoto  shu  tariqa  o‘zaro  aloqa  qilish  uchun  ikkinchi  tomon  shaxsini  yaxshi 

bilish  zaruratini  yo‘qqa  chiqardi.  Xususiy  hayot  daxlsizligi  –  insonning  asosiy 

huquqi  va  erkin  jamiyatning  negizidir.  Internet  paydo  bo‘lgandan  keyingi  oxirgi 

yigirma  yil  davomida  davlat  miqyosida  ham,  xususiy  sektorda  ham  ma’lumotlar 

markaziy  to‘plamlari  xususiy  shaxslar  va  tashkilotlar  haqida,  jumladan,  ularga 

ma’lum  qilmagan  holda,  xilma-xil  maxfiy  axborotlar  to‘plagan.  Hamma  joyda 

odamlar  korporatsiyalar  axborot  izlash  asnosida  butun  raqamli  dunyoni  titib 

tashlagan  holda  qandaydir  kiberklonlaryaratishidan  havfsiraydi.Blokcheynda  esa 

qatnashchilaristagan holda ma’lum darajagacha noma’lumlikni saqlashi mumkin – 

ular  qandaydir  qo‘shimcha  ma’lumotlar  xabar  qilish  yoki  bu  axborotlarni 

ma’lumotlar  markaziy  to‘plamida  saqlashga  majbur  emaslar.  Bu  holatning 

muhimligiga  noto‘g‘ri  baho  berib  bo‘lmaydi.   Blokcheynda  shaxsiy  ma’lumotlar 



ombori  yo‘q.  Blokcheyn  protokollarihar  bir  muayyan  tranzaksiya  yoki  vaziyat 

uchun  kerakli  bo’lgan  noma’lumlik  darajasini  tanlashga  imkon  beradi.  Shu  tariqa 

biz o‘zimizning elektron nusxalarimizni va ularning dunyo bilan o‘zaro aloqalarini 

yaxshiroq boshqaramiz. 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

Endi  blokcheyn  tizimida  huquqlarning  saqlanishi  masalasiga  to’xtalib 



o’tamiz. Mulk huquqi shaffof hisoblanadi va u huquqiy himoya bilan ta’minlanadi. 

Shaxsiy  erkinliklar  hamma  tomonidan  tan  olinadi  va  hurmat  qilinadi.  Bu  haqiqat 

biz  uchun  oshkora  bo‘lib  ko‘rinadi:  har  bir  shaxs  tug‘ilgan  paytidan  boshlab 

ulardan  mahrum  qilinishi  mumkin  bo‘lmagan,  ularni  himoya  qilish  mumkin 

bo’lgan va lozim bo‘lgan huquqlarga ega bo‘ladi.Raqamli iqtisodiyotning birinchi 

davrida bu huquqlarni samaraliroq amalga oshirish usullariniizlab topishga harakat 

qilingan.  Internet  san’at,  yangiliklar,  ko‘ngilocharliklar  yangi  shakllari  uchun, 

she’r, qo‘shiq, fotosurat, audio va videoyozuvlar uchun mualliflik huquqi o‘rnatish 

vositasiga  aylandi.  Tarmoqda  moddiy  makondagi  bilan  bir  xil  narsalarga  erishish 

uchun  umumiy  savdo  kodini  qo‘llashga  to’g’ri  keladi:  Moddiy  substantsiyaning 

qiymati  qanchalik  past  yoki  baland  bo‘lishidan  qat’i  azar,  har  qanday  predmetni 

sotib  olish  uchun  shartnoma  tuzish  va  uni  muhokama  qilish  zaruratini  bartaraf 

qilishga  erishildi.  Lekin  bu  holatda  ham  tranzaksiyalarni  boshqarishda 

vositachilarga  umid  bog‘lashimizga  to‘g‘ri  kelardi  va  vositachilarpulni  o‘z 

hisobraqamida ushlab turib (yo‘ldagi pul mablag‘lari) keyinroq o‘tkazishi yoki uni 

shart bilan o‘tkazishi va so‘ngra rad etishi mumkin bo‘lgan holda tranzaksiyalarni 

rad qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Savdo bitimlari qatnashchilarning ma’lum bir 

qismi  esa  firibgarlik  qilishi  kutiladi  va  har  qanday  bitimda  ma’lum  darajadagi 

firibgarlik muqarrar deb qabul qiladi. 


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   529




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish