Biznes-model – bu daromadni yaratish uslubini aks ettiruvchi korxona
tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tamoyili va mohiyatining mavhum
ko‘rinishidir. Tovarlarni an’anaviy do‘konlar orqali emas, balki xaridorlarga
bevosita interfaol sotish Yangi biznes-modelini ifoda etadi. Kitob do‘konlari
elektron kitoblarni vositachilar yordamisiz bevosita xaridorlarga sotib, ushbu
biznes-modelni amaliyotda qo‘llaydi. Sarmoyadorlar o‘z bitimlarini yuqori
komission foizlarni undiradigan universal chakana brokerlarga murojaat
qilmasdan, bevosita Internet orqali arzon moliyaviy axborotdan foydalanishlari
mumkin. Agar biznes-model faqatgina Internetga asoslangan bo‘lsa, u holda uni
sof o‘yinchi deydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |