ko’chaga chiqish, operatorga qo’g’iroq qilish zarur emas, birgina mobil ilovadan
foydalangan xolda smartfondan foydalanib, daqiqalar ichida taksi chaqirish
mumkin. Yuqoridagi servislar nafaqat taksi chaqirish, balki mashinani kelishini,
xolatini, harakatini nazorat qilishi hamda qancha mablag‘ ketishini bilib turishi
taminlab beradi. Agarda bu sohadagi eng ilg’or tajribaga ega bo’lgan Yaponiya
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
yuzlansak, unda dunyo bo’yicha eng katta transport kompaniyasi JR East Group
faoliyat ko’rsatadi. Bu kompaniya kuniga 17 million yo’lovchini tashiydi va
sutkasiga 13 mingta poezdning harakatini ta’minlab beradi. Elektron
texnologiyalar ushbu kompaniyaga „temir yo’l vokzali-shahar“ loyihasini amalga
oshirishga imkon berdi. Bunda Tokioning markaziy vokzali mehmonxonalar,
biznes-ofislar, tijorat tashkilotlari hamda boshqa ob’ektlar bilan hamkorlikda
ishlashga erishadi. Yo’lovchi tashishdan tashqari, JR East Group kompaniyasi
quyidagi faoliyat turlari bilan ham shug’ullanadi:
Mehmonxonalar va ofislarning tijoriy ko’chmas mulkini boshqarish;
Jamoa ovqatlanishi tarmoqlari va savdo faoliyati;
Harakatchan sostav ishlab chiqarish;
Avtobus hizmatlari;
Monorels transporti;
Avtomobillarni ijaraga berish;
Elektron to’lovlar tizimi IT-Suica;
Reklama biznesi;
Fitnes-markazlar xizmati;
Turistik servis va boshqalar.
IT-Suica deb nomlangan elektron to’lovlar tizimi
JR East Group
kompaniyasining eng katta foyda keltiradigan faoliyat turlaridan biridir. 2001 yilda
bozorga chiqarilgan Suica elektron to’lov kartalari hozirgi paytdagi soni 75
milliondan ortiqdir. Bu tizim elektron pullardan ham foydalanish imkoniyatini ham
yaratgan. Hozirgi paytda transport kompaniyalar o’z faoliyatlarini yuklar tashish
yo’nalishiga ham qaratmoqdalar. Masalan, Germaniya milliy temir yo’l yuk
tashuvchisi Deutsche Bahn DB Navigator deb nomlangan serviz taklif qilgan. Bu
servis barcha poezdlarning qaerda ekanligini aniqlashga imkon beradi. Yaponiyada
esa temir yo’l oishni boshqarishga imkon beradigan robot yaratgan. Bu robot
ekranda marshrutni korsatib bera oladi, yordam so’ragan passajirlarga esa maslahat
bera oladi. Dunyodagi eng innovatsion metropoliten Seul metropoliteni bo’lib,
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
unda „Metropoliten – elektron supermarket“ deb nomlangan loyiha ishga
tushirilgan. Kerali mahsulotlarni tanlash va QR-kod orqali zakaz qilish uchun
kerakli
bo‘lgan elektron vitrinalar poezdlarga tushush platformalarida
joylashtirilgan. Barcha tanlangan va zakaz qilingan mahsulotlar siz uyga
kelganingizda yetkazib beriladi.
Kelajak transport tizimining ko’rinishi, biznigcha, quyidagicha bo’lishi
kutilmoqda: Avvalo, bu rivojlanish tendentsiyalarida dunyo va mamlakatlar
miqyosida bir butun integrallashgan transport tizimi paydo bo’ladi. Bunday
tizimda turli xildagi transport vositalari yordamida yuk va passajirlar tashish
yagona transport tizimiga birlashib, iste’molchilrning talablarini maksimal
darajada qondiradi. Mobil ilovalar ko’rinishidagi elektron servislar mavjudligi,
barcha transport vositalari uchun elektron biletlar sotib olish mumkinligi vaqt
sarfining minimal darajaga keltirilishi, bir transportdan boshqasiga tezkorlik bilan
o’tish imkoniyatlari tufayli transport xizmatlarining sifati yuksak darajaga yetadi.
Yagona va uzluksiz transport tizimi nafaqat transport, balki informatsion hamda
savdo biznesi elementlarini qamrab olgan holda butunlay yangi biznes modelni
yaratadi. Natijada transport tizimi katta transport supermarketi tariqasida faoliyat
ko’rsata boshlaydi. Bunday transport xizmatlarining rivojlanishi temir yo’l vokzali,
abtobus stantsiyasi, aerovokzal orasida farqlarni yo’qotgan holda yagona
texnologik va servisli aqlli transport tizimini hosil qiladi. Bunda turli xildagi
transport kompaniyalari tashuv hajmini oshirish va yo’lovchilarning qoniqishlari
darajasini oshirish maqsadida birgalikda harakat qilishlari talab etiladi. Lekin
bunday jarayonni tashkil qilishning asosiy sharti transport tizimini barcha tarkibiy
qismlarini raqamlashtirishdir desak mubolag’a qilmagan bo’lar edik. Raqamli
texnologik yechimlar elektron to’lov tizimlarini, mobil servislarni, ilovalarni, big
data asosidagi personifikatsiya qilingan xizmatlarni, sun’iy intellektni va
mashinaviy ta’limni o’ziga qamrab olgan xolda yo’lovchilar bilan aloqalarning
samaradorligini oshirish va ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga olib
keladi.