Bitflip birjasida webmaniga, dollarga, evroga va rublga kriptovalyuta sotib
olish mumkin.
Binancebirjasi ham zamonaviy kriptovalyuta savdo maydoni hisoblanadi va u
orqali foydalanuvchilar qulay va havfsiz ravishda raqamli valyutalar sotib olishlari
va ularni boshqalariga almashtirishlari mumkin. Shanxayda joylashgan bu birja
2017 yilda ishga tushgan bo’lib, juda ko’p miqdordagi mijozlarga ega va ancha
ommabop hisoblanadi. Savdo hajmi bo’yicha bu birja top 14 ta birjalardan biri
hisoblanadi. Uning yana bir asosiy faoliyat doiralaridan biri blokcheyn aktivlaridir.
Birjani ilgari OKCoin, Blockchain.info va Bloomberg kompaniyalarida yuqori
mansablarda ishlagan inson Chjao boshqaradi. Hozirgi kunda Binance birjasi
savdo oboroti bo’yicha dunyoda beshinchi o’rinni egallaydi (sutkasiga 0,6 milliard
dollar). Birjada akkaunt hosil qilish uchun saytga kirish va registratsiya formasini
ochib, unga emailni, parolni va kaptchani (tasvirli simvollarni) ikki bosqichda
kiritish kerak bo’ladi. Ko’rsatilgan pochta qutisini tasdiqlash uchun unga
yuborilgan xatdagi ilovaga o’tiladi. Shu xarakatlardan so’ng, akkaunt hosil bo’ladi
va shundan keyin avtorizatsiyaga o’tish mumkin bo’ladi. Verifikatsiya qilish
jarayoni uch qadamdan iborat bo’ladi. Birinchi qadamda emailni tasdiqlashdan
o’tasiz va endi tizimdan kuniga 2 bitkoindan ortig’ini chiqara olmaysiz. Ikkinchi
qadamda “shaxsni tekshirishni tugallash”bo’limini turtish kerak bo’ladi. Buning
uchun esa telefon raqamini tasdiqlash lozim bo’ladi. Buni amalga oshirish uchun
bir qancha xujjatlar talab qilinadi. Agarda bu qadamni tugallasangiz, endi tizimdan
kuniga 100 tagacha bitkoin chiqara olasiz. Agarda uchinchi qadamni ham amalga
oshirish kerak bo’lib qolsa, u xolda texnik yordam hizmatiga murojaat qilish kerak
bo’ladi.Binance da fiat vositalar bilan hisob raqamini to’ldirish ko’zda tutilmagan.
Hisobni to’ldirish uchun eng oldin Bitkoin yoki Efir sotib olish lozim. Shundan
so’ng sotib olingan kriptovalyutangizni Binancedagi hisob raqamiga kiritasiz.
Hisob raqamini to’ldirish uchun kursorni “aktiv”ga keltirib, so’ngra “Balans”
tugmachasi bosiladi. Shundan so’ng siz ishlay olish mumkin bo’lgan valyutalarni
ko’rasiz va “Depozit” tugmachasini turtib, kerakli vositani kiritishingiz mumkin.
Xozirgi kunga 44 valyuta bilan ishlay olish mumkin. Savdoni amalga oshirish
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
uchun “Savdo markazi” ga o’tiladi va undagi savdo juftlari tanlanganida grafik va
order savatchasi paydo bo’ladi. Agarda bu yerdan kerakli juftlikni topa
olmasangiz, u xolda More tugmachasini bosib, ruyhatdan keraklisini tanlab olasiz.
Hozirgi kunda orderlarning ikki variant -Limit va Market dan foydalanish mumkin.
Agarda birinchi variantni tanlasangiz, boshlang’ich narxni va kriptovalyutalar
sonini aniqlab, sotuv yoki xarid tugmachasini bosasiz. Birja komissiyasi savdo
hajmining 0,1% ni tashkil qiladi.
HitBTCbirjasi olti million dollar boshlang’ich kapital bilan 2013 yilda
Estoniya dasturchilari tomonidan tashkil etilgan bo’lib, u yangi ish boshlaganlar
uchun ham, malakali treyderlar uchun ham juda qulay. Unda 330 ta valyuta
juftliklari bilan savdo qilish mumkin va hozirgi kunda uning savdo oboroti salkam
500 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Birjada akkaunt ochish uchun
foydalanuvchi o’z elektron pochtasini ko’rsatib, minimum olti simvoldan iborat
bo’lgan parol o’ylab topishi kerak bo’ladi. Bu ma’lumotlarni kiritganingizdan
so’ng, pochtangizga akkaunt aktivatsiya qilingani haqidagi ma’lumot keladi.
Akkauntni verifikatsiya qilish uchun quyidagi ma’lumotlarni kiritish kerak bo’ladi:
Ismi-sharifi
Qaysi mamlakatda yashaydi
Tug’ilgan sanasi
Manzili
Bank rekvizitlari
Shaxisni tasdiqlovchi hujjatlar skanlari
Birjadagi hisob raqamidan pullarni chiqarish va pul qo’yish uchun quyidagi
usullardan foydalsnish mumkin:
Asosiy valyutalardan (Bitcoin, Ethereum, Dash, Litekoin va boshqalar)
Dollarlardagi SWIFT-to’lovlardan
Evrodagi SEPA-to’lovlardan
Ammo yevro bilan ishlash birja saytida keltirilgan ruyhatdagi mamlakatlar
uchungina ruhsat etiladi. Shaxsiy hisob raqamidagi pul vositalarini almashtirishni
boshlash uchun “Exchange” bo’limiga o’tish kerak bo’ladi. HitBTC ko’pgina
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
valyutalar bilan pul operatsiyalari amalga oshirishga imkon beradi. Ularning ichida
eng
aktuallari
Do'stlaringiz bilan baham: |