«Bolalarga yordam bering»
Bu eng uchchiga chiqqan internet-firibgarlarning ishidir, chunki bunda kasal
bolalarning nomidan ularning xaqqiga xuruj qilinadi. Og’ir kasallikka chalingan
bolaga yordam berish xaqidagi ko’pchilik insonlarning raxmini keltiradigan
ma’lumotlar uning rasmi bilan birgalikda elektron pochta, tirik jurnal va
forumlarda tarqatiladi. Bu bolaga yordam bermoqchi bo’lganlarga ko’rsatilgan
bank hisobraqamiga, elektron xamyonga yoki Western Union ga pul junatish taklif
qilinadi. Jo’natgan pulingiz esa firibgarlar tomonidan osonlikcha o’zlashtiriladi.
Shuning uchun agar biror bir kasal bolaga yordam puli junatmoqchi bo’lsangiz,
avvalo bolaning ota-onasi bilan aloqaga chiqing va ularga pulni adresli ko’rinishda
yoki bevosita qo’ldan qo’lga bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |