pornomateriallarni tarqatish vositasida pul ishlash uchun ishlatiladilar. Buning
yetmaganlar xaqidagi turli xil ochiq manba’lardan olingan fotosessiyalar va
yolg’on ma’lumotlar tarqatiladi. Shunday qilib, pornografiya bo’yicha pul
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ishlamoqchi bo’lgan firibgar internetda oddiy voyaga yetmagan inson shaklida
namoyon bo’ladi va boshqa yoshlarni o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun
laqillata boshlaydi. Elektron muloqot amalga oshirilayotib, yoshlarni o’zlari yoki
tanishlari haqidagi pornorasmlarni jo’natish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
Keyinchalik ushbu video yoki fotomateriallar pul ishlash maqsadida turli tematik
forumlarda namoyish qilinadi, fayl almashinuv tizimlariga, foto va video
portallarga tarqatiladi. Bir qancha xolatlarda firibgarlarga voyaga yetmagan
yoshlarning anketaviy ma’lumotlari ma’lum bo’lib qoladi va ular bundan
foydalanib, bolalarning ota-onalarini shantaj qilib, pul undirishga urinadilar yoki
bu ma’lumotlarni forumlarga joylashtirib (trolling), kimlarningdir chirkin
maqsadlarini amalga oshiradilar. Shuning uchun ham ijtimoiy saytlarda muloqot
qilayotib, quyidagilarni unutmang:ijtimoiy tarmoqda siz bilan muloqot qilayotgan
inson kimlardir tomonidan o’ylab chiqilgan elektron personaj bo’lishi mumkin.
Uni aniq ko’rmasdan va shaxsini bilmasdan turib, u bilan qandaydir ishlar olib
borish, unga shaxsiy ma’lumotlarni berish, unga pul utkazish, u bilan kelishish
yoki u tayinlagan joyga borish aslo mumkin emas. Internet tarmogi orqali siz
tomoningizdan
jo’natilayotgan
barcha
ma’lumotlarni,
shu
jumladan,rasmlarinigizmi, parol yoki loginingizmi, pasport ma’lumotlaringizmi
yoki manzilingizmi istalgan paytda sizga qarshi ishlatilishlari mumkin. Xurmatli
ota-onalar, o’z farzandlaringizni xam internetda xavfsiz ishlash qoidalari bilan
yaxshilab tanishtiring va ularga bu tartiblarni batafsil tushuntiring.
Internetdagi xavfli dasturlar kompyuter egasidan so’ramasdan, o’z-o’zidan
nusxalanib
ketuvchi
maxsus
xavfli
dasturlardir.
Bunday
dasturlar
kompyuteringizda turli xildagi noxush xolatlarni keltirib chiqarishlari, dasturlarni
ishdan chiqarishlari, ma’lumotlarni o’chirib tashlashi, sizning kompyuteringizdagi
ma’lumotlarni o’girlashi, operatsion tizim ishini buzishi yoki sekinlashtirishi,
tashqi qurilmalarning ishini to’xtatib qo’yishi mumkin. Bunday dasturlarni xalq
tilida «viruslar» deb nomlangan va ularning quyidagi asosiy turlari mavjud:
mahsus dasturiy viruslar, tarmoq viruslari, chuvalchang viruslar va troyan viruslari.
Kompyuter viruslari o’z-o’zidan ko’payadigan va nusxalarini boshqa dasturlar
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ishga tushirib, noma’qul xolatlar keltirib chiqaradigan maxsus dasturlardir. Ular
ko’pincha
*.exe, *.com kengaytirgichli bajariluvchi fayllardir. Ular
*.doc, *.xls
ko’rinishidagi makroprotseduralarga ega bo’lib, zararlanish oqibatida kompyuter
ishini izdan chiqaradigan xolatga kelib qoladilar. Tarmoq chuvalchanglari esa zarar
keltiradigan dasturlar turiga mansub bo’lib, ular boshqa fallarning bir qismi emas,
balki aloxida mustaqil fayllar ko’rinishida bo’ladilar. Bunday dasturlar lokal va
global tarmoqlar yoki elektron pochta orqali tezlik bilan tarqalib, ko’payib
ketadilar. Chuvalchang virusi sizning ruxsatingizsiz sizning pochtangizdagi
elektron adres kitobingizdagi barcha manzillarga qandaydir ma’lumotlar jo’natishi
yoki xavfli amallarni xosil qilishi mumkin. Troyan dasturlari ko’paymaydilar,
o’zlari biror bir ma’lumot jo’nata olmaydilar va kompyuteringizdagi
ma’lumotlarni o’chira olmaydilar. Ammo ular turli xil xavfli amallarni bajarib,
sizga katta talofat yetkazishlari mumkin. Troyan dasturining asosiy maqsadi
kimlargadir sizning kompyuteringizga kirish va uni o’z maqsadlarini amalga
oshirish uchun boshqara olish imkoniyatini yaratishdir. Bu ish sizga
bilintirilmasdan, asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi. Troyan dasturi faoliyati
natijasida sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz, biznes goya va ma’lumotlaringiz yoki
qandaydir yozishmangiz internetda raqobatchilarga yoki barcha xalq ommasiga
oshkor bo’lib qolishi mumkin. Yoki turli xil elektron to’lov tizimlaridagi
pullaringiz qaergadir g’oyib bo’lib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: