Ethereum deb nom berilgan.Kriptovalyuta texnologiyalari kelajagiga optimistik
qarashlar ko‘plab to‘siqlarga duch keladi. Kriptovalyutalar haqidahatto bir
daqiqaga esdan chiqaradigan bo‘lsak, normarkazlashuv trendi haqiqatda katta
salohiyatga ega ekanligini tan olmaslik juda qiyin. Agar uni inqirozdan keyingi
davrda Uoll-Strit va Vashington doirasida tobora ko‘proq kuch-qudrat
markazlashuv trendi bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, bu ikki egizak yonma-yon
ketayotgan emas, balki bir-birining qarshisidan kelayotgan poezdlarni eslatib
yuboradi. Ehtimol, biz global ijtimoiy o‘zgarishlar – uyg‘onish davrida bank ishi
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
va milliy davlatlar keyinchalik ularning atrofida jamiyatning pul va iqtisodiy tizimi
vujudga kelishi lozim bo‘lgan ikkita asosiy hukumat markazi sifatida shakllangan
XVI asrdan keyingi tarix davomida eng kuchli o‘zgarishlar bo‘sag‘asida
turgandirmiz.Darhaqiqat, buyumlar interneti asridaan’anaviy pul tizimiga
asoslangan texnologiyalarfoydalanuvchilarni to‘lov tizimlaridagi takomillashtirish
bilan hayron qoldirishning har xil usullarini izlaydilar. Mobil bitkoin hisob-
kitoblarining ustuvor vositasiga aylangan smartfon, shu bilan bir vaqtda,hisob-
kitoblarni amalga oshirish usullarida inqilob qilishga intilayotgan moliyaviy-texnik
kompaniyalarining diqqat-e’tibori markaziy o‘rin olmoqda.Kredit kartalari bilan
hisob-kitob qilish an’anaviy texnologiyalrida ham global o‘zgarishlar ro‘y
bermoqda. Squarekompaniyasidan kontakt kartalari o‘qish uchun portativ qurilma
millionlab kichik biznes vakillari – masalan, taksichilar yoki xot-dog sotuvchilarga
o‘z smartfon va planshetlarini mobil protsessing qurilmalariga aylantirish imkonini
berdi. Bitkoynchilar odatda kredit va debet kartalar havfsizlik darajasi yetarli
emasligidan asosli ravishda shikoyat qiladilar, chunki ularning tizimifoydalanuvchi
shaxsi haqida axborot uzatishga bog‘liq bo‘ladi, biroq ta’kidlash joizki, hozirgi
paytda tarmoqda bunday ma’lumotlar havfsizligi sezilarli darajada o‘sgan.Biroq bu
yerda yana bir muammo mavjud: yangi texnologiyalar huquqiy tizimga kiritilgani
sababli, ular uning ichidagi barcha pul tranzaksiyalari harajatlarini o‘z zimmasiga
oladi. Yangi texnologiyalar provayderlarikredit riskini o‘z zimmasiga olish va
to‘lovlarni qayta ishlash uchun banklar va an’anaviy tizimning boshqa
o‘yinchilariga komission to‘lovlar to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun ozgina ham
imkoniyatga ega emas.Yangi hisob-kitob shakllari, texnik jihatdan ilg‘or bo‘lsada,
avvalgidek 500 yillik tarixga ega bo‘lgan markazlashgan moliyaviy menejment
modeli doirasida qolavermoqda. Oddiy mijoz uchun bu ikkiyoqlamalik hech
qanday ahamiyatga ega emas, bu hattoki kelajakdagi hamkorlik iqtisodiyoti,
qolgan barcha sohalarda insonlarning individual imkoniyatlarini takomillashtirish
yo‘nalishida rivojlanishda davom etadigan bo‘lsada, an’anaviy pullarga uzoq umr
va’da qiladi. Biroq bujon saqlash normarkazlashuv yo‘nalishidagi boshqa
o‘zgarishlar bilan bog‘liq emas. Bu trendlarning barchasi bugun bo‘lmasa ham,
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
taxminan 10 yildan keyin kriptovalyutalar asri kirib kelishi muqarrar ekanligini
ko‘rsatadi degan fikrdan uzoqlashish qiyin.Bu asr kelgach, kredit manbasi sifatida
banklarning ahvoli nima kechadi deb o‘ylashga majbur qiladi. Ularning bu roliga
har qanday tahdid innovatsion texnologiyalar vakillari bilan bozor ulushi uchun
kurashda muzokaralar predmetiga aylanadi. Ularning ma’lum qilishicha, an’anaviy
qog‘oz shaklidagi pullar o‘rniga keladigan kriptovalyuta tizimi banklarning kredit
berish qobiliyatiga putur yetkazishi va shu tariqaxususiy pullar emitentlari
funksiyasini bajarishi mumkin bo‘ladi. Agar bunday havf yuzaga keladigan bo‘lsa,
hammamiz kabi jon saqlashdan manfaatdor bo‘lgan milliy davlat qanday javob
qaytarish kerakligini hal qilishi lozim. So‘nggi 500 yil ichida milliy davlat o‘zining
moslashuvchanlik qobiliyatini isbotlab berdi, shu sababli, biz bu safar ham omon
qolish va moslashish imkoniyatiga shubha bildirmaymiz. Hulosa tariqasida davlat
kriptovalyutasi chiqarish moslashuv strategiyalaridan biriga aylanishi mumkin
ekanligi haqida gaplashamiz. Milliy davlatlarning yana bir shunday strategiyasi –
birlashish va pul muomalasi sohasida hamkorlikni mustahkamlashdir. Biz bu nima
bilan yakun topshi haqida tasavvurga ham ega emasmiz. Hech nima bilan
tugamagasligi ehtimoli ham bor. Lekin bunday savollar yuz yilliklar davomida
birinchi marta qo‘yilmoqda.AndressenHorowitzinvestitsiya fondining venchurli
tadbirkori Kris Dikson quyidagilarni ta’kidlaydi: «Bir tomondan, sizda ish joyini
yo‘qotgan bank xodimi bor va siz uning oldida o‘ng‘aysizlik his qilasiz, boshqa
tomonidan esa, qolgan hamma bank tizimidan foydalanish tufayli 3%dan to‘lashi
kerak bo‘lmaydi va bu ulkan iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki bu kichik biznes
rentabelligining o‘sishini jiddiy ravishda rag‘batlantiradi. Biroqjamiyatda yuzaga
kelgan muammolga qarashlar nuqtai-nazaridan bu holat salbiy qabul qilinadi.
Ammo muayyan odamlar nimanidir yo‘qotadi va butun jamiyat esa uni qabul
qiladi».Bunday muammolar kriptovalyutalar asrida o‘ziga xos dolzarblikka ega
bo‘ladi – har xolda, bu holat blokcheyn avtomatlashtirish jarayoniga duch kelgan
va uni ishonch asosida ishlatganlar band bo‘lgan tarmoqlarda ro’y beradi. Ular
moliyaviy hizmatlarni rivojlantirishning ushbu yangi yo‘li raqamli videokameralar
istiqbollarini yaxshi tushuna olmagan EastmanKodaktushib qolgan vaziyatga olib
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
kelmasligiga umid qilish imkonini beradi. Biroq, hozirgi paytda bir qanchayetakchi
tadqiqotchilar bitkoinni o‘tib ketadigan bir qiziqish deb hisoblaydilar. AQSHda
kriptovalyutalarning asosiy aylanmasi risk yuqori bo‘lgan pul siyosati sharoiltarida
ro‘y beradi. Bu maydonga kriptovalyuta va u bilan bog‘liq biznes «lobbisi» sifatida
endi kirib kelmoqda. Bitkoin biznesiadolatli o‘yin qoidalari belgilash zaruratini
tushunib yetadigan hukumatning qo‘llab-quvvatlashi tufayli yutuqqa erishishi
mumkin. Kriptovalyutalar asridamonopoliyaga qarshi qonunchilikka rioya qilishni,
biznes yuritish qoidalarining shaffof bo‘lishini va iste’molchilar huquqlarining
himoya qilinishini qattiq turib talab qilish kerak. Monopoliyalar va trastlarni tiyib
turish hamda raqobatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan hozirgi davlat modeli
bu masalalarda ilgari hech qanday qoidabuzarliklarga duch kelmagan deb
bo‘lmaydi. Kriptovalyuta tashabbuskorlari
Do'stlaringiz bilan baham: |