Техник конструкциялаш ва моделлаш


Xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan materiallar, asbob-uskunalar



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

Xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan materiallar, asbob-uskunalar 
Oymakorlik asbob-uskunalari va ulrni ishchi holatga tayyorlash. Yog`och oymakorligi ustaxonasida o’quvchi turli 
yumushlarni  bajarishga  to’g`ri  keladi.  Jumladan,  chizmachilik,  naqqoshlik,  duradgorlik,  oymakorlik  va  hokazo  ishlarni 
tashkil  etishda  jarohatsiz  faoliyat  ko’rsatishga  erishmoq  uchun  avvalo  asbob-uskunalarni  ko’zdan  kechirib  chiqmoqni 
taqoza etadi. “Men bu moslamada ishlamoqdaman” deb ikkinchi moslamaga e`tiborsizlik turli ko’ngilsiz holatlarni keltirib 
chiqarishi mumkin. 
Faoliyatni  boshlashdan  avval  albatta  maxsus  ish  kiyimini  kiyib  olish  zarur.  Turli  asboblar  bilan  ishlashda, 
masalan, oymani bajarish uchun iskana va bolg`ani (Yog`och to’qmoq, kiyankani) ushlash qoidalariga amal qilgan holda, 
ya`ni iskanani bo’shroq, bolg`ani esa qattiqroq siqib ushlash zarur. 
Yog`och  oymakorligida  taxtachalarni  oymaga  tayyorlab  olingach  unga  moslab  axta  (ulgi,  nusxa)sini  va  xokazo 
tayyorlab  olinadi.  Naqshning  har  bir  elementini,  qismini,  turini,  guruhini  oyishda  “Oddiydan  murakkabga,  osondan 
qiyinga” tamoyiliga rioya qilib borish lozim. Naqshlarning qanaqa guruhga mansubligi, tayyorlanadigan buyumning katta 
yoki  kichikligiga  qarab,  dastlab  naqshning  yarim  gajak,  gajak,  novdalari,  chiziqlari,  bandlari  baliq  sirtli  iskanalar  bilan 
kesiladi. Naqshlar atrofi to’liq kesib bo’lingach, maxsus oyish uchun bir tomoni charxlangan iskana bilan naqshning zamini 
oyilib tekislanadi.  
Oymani bajarish davomida har bir iskanani ehtiyotkorlik bilan o’z o’rnida va o’rinli ishlatishni o’rganish lozim. 
Bu  esa  oyilayotgan  yuzaning  sifatli,  ko’rkam  va  jozibador chiqishiga  olib  keladi.  Uskunalarni  ishlatib  bo’lgach  noto’g`ri 
joyga qoyish, bir-biriga tegib ketishi asbobni tezda o’tmas bo’lishiga olib keladi va oymani sifatiga putur etkazadi. 
Ish  jarayonida  ba`zi  bir  asboblar  o’tmaslashib  qoladi.  Bunday  hollarda  albatta  asboblarni  o’tkirlab  olish  kerak. 
Chunki o’tmas asbob bilan bajarilgan oymakorlik ishlari sifatsiz chiqadi, ko’ngildagidek bo’lmaydi. 
O’tmaslashib  qolgan  oymakorlik  asboblarini  o’tkirlash  uchun  charxlar  va  qayroq  tosh  kerak  bo’ladi.  Yog`och 
oymakorligida  ishlatiladigan  iskanalarni  charxlash  elektrik  charxlari  yoki  qo’l  charxlari  yordamida  amalga  oshiriladi. 
Elektrik charxlar yordamida o’tkirlashda o’ziga xos texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur. 
Oymakorlik  asboblarini  qo’lda  qayroq  toshlar  yordamida  o’tkirlash  uchun  har  xil  qayroq  toshlari  ishlatiladi. 
Charxlar yordamida iskanani charxlash vaqtida usta o’ng oyog`ini charxning to’g`risiga, chap oyog`ini bir oz yon tomonga 
qoyadi.  So’ng  o’ng  qo’li  bilan  uskuna  dastasidan  ushlab,  chap  qo’l  barmoqlari  bilan  iskananing  tig`inii  charxga  bir 
me`yorda  bosib charxlanib, keyin esa  iskananing qirovini to’kish  uchun nov shakldagi o’rtasi ariqchali va  yonlari qirrali 
turli  xil  mayin  qumli  yoki  tosh  qayroqlar  yordamida  qirovidan  tozalanadi.  Yana  shunga  alohida  e`tibor  berish  kerakki, 


201 
 
iskanalarning qirovini to’kish vaqtida  uskuna  tig`ini qayroq toshning uzunasiga  bir  maromda  surtish  kerak.  Agar qayroq 
toshlar suvda namlanib ishlatilsa tig`dagi qirov tezda to’kiladi. 
O’tkirlangan asbobning qay darajada o’tkir bo’lganligini  yoki bo’lmaganligini qirovi to’kilgan asbobning tig`ini 
bosh  barmoq  tirnog`ining  yuziga  tekkizib  ko’rib  aniqlanadi.  Tig`  qirrasi  tirnoq  yuziga  qadalsa  unda  asbob  o’tkirlangan 
bo’ladi. Agar asbob tirnoq yuzidan sirg`anib ketsa u holda asbob hali o’tkirlanmagan bo’ladi. 
Oymakorlik ishlarining qay darajada sifatli, jozibador va ko’rkam chiqishi hamda ishning samaradorligi oyuvchi 
asboblarga  bog`liq  ekan,  demak  asboblarni  saqlashga  ham  alohida  e`tibor  berish  kerak.  O’tkirlangan  iskanalarni  maxsus 
tayyorlangan qutichalarga terib, tig`ini bir-biriga tegmaydigan qilib joylash lozim. Agar quticha bo’lmasa, Biron-bir mato 
orasiga qoyib o’ralgan holda ehtiyotlab saqlash kerak. 
Hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholash. 
Ganchkorlik sa’nati tarixi va rivojlanishi. Ganchkorlik qadimiy sa’nat turlaridan biri bo’lib, o’z aksi husn-jamolini 
dunyo me’morchiligida, shu jumladan, O’rta Osiyo, Eron, Turkiya, Arabiston, Afg`oniston va boshqa sharq mamlakatlarida 
me’morchiligida namoyon etib kelmoqda. Ayniqsa O’rta Osiyoda yaratilgan asarlar o’ziga xos badiiyligi, kompozitsiyasi 
va  ishlanish  uslubi  bilan  farq  qiladi.  Hozirgi  kunda  ganch  serquyosh,  O’zbekistonimizda  ardoqlanib,  avaylab  muhofaza 
qilinayotgan  ko’pgina  yodgorlik  obidalariga  ko’rkamlik,  go’zallik  baxsh  etib  turibdi.  U  Samarqand,  Buxoro,  Toshkent, 
Qo’qon, Marg`ilon, Xiva, Shaxrisabz va boshqa shaharlardan tarixiy obidalarni qurish va bezatishda ishlatiladi. 
Ganch  qorishmasi  yangiligida  oson  kesiladi.  Undan  hohlagancha  shakllarni  oyish,  yasash  mumkin,  lekin 
qotgandan  so’ng  qattiq  toshga  o’xshab  qoladi.  Ustalarimiz  ganchning  bu  ajoyib  xususiyatidan  qadimdan  foydalanib 
kelganlar. Shu tariqa hozirgacha bu hunar avloddan-avlodga o’tib, tarixiy an’ana sifatida rivojlanib kelmoqda. 
Ganchkorlik – san’atimiz faxri, beqiyos va bebaho xazina. Hech shubhasiz uni chuqur o’rganish miliy va amaliy 
ahamiyatga egadir. Ganch oymakorligi san’ati asarlar davomida o’ziga xos uslub bilan rivojlanib kelmoqda. Bu san’atning 
eng  qadimiy,  o’rta  asrlardagi  va  XX  asrdagi  rivojlanishni  ko’zda  kechirib,  o’rganib  chiqsak  bu  davrlardagi  ganch 
oymakorligi bir-biridan mutloqo farq qiladi. Qadimgi ganch oymakorligi xajmiy bo’lib, realistik tasvirlar asosida ishlangan, 
ularda  ko’pinsha  odamlar,  xayvonlar,  qushlar  tasviri  ishlatilgan.  Eramizning  1-asrlaridayoq  kishilar  ganchni  ajoyib 
xususiyatga  ega  ekanligini  bilib,  qal’alar,  karvonsaroylar  va  boshqa  joylarni  bezay  boshlaganlar.  Bo’lib  o’tgan  janglar 
oqibatida  ular  vayronalarga  aylanib,  faqat  qoldiqlari  saqlanib  qolgan.  III  asrda  tuproqqal’aning  serhasham  saroy 
mehmonhonalari  oyma  ganch  bilan  bezatilgan.  Barcha  boyliklar  madaniy,  arxitektura  sa’naat  yodgorlilari  xalq  mulki 
sifatida asrab-avaylanishi, kelajak avlodlarga yetkazilishi lozim.  
Ganch oymakorligi turlari hamda me’morchilikda qo’llanishi. Har qanday binoni bezashda avval uning tuzilishiga 
mos rang, oymakorlik turini tanlash, qo’llash o’z-o’zidan muhim ahamiyatga ega. Kichik xonaga tekis oymakor va  unga 
mos tushgan pardoz turi, katta mehmonxonalarga (zallarga) esa yirik yoyma va o’ziga xos ganch oymakorligi qo’llaniladi. 
Ganch  oymakorligi,  yirik  oyma,  chuqur  oyma,  yassi  oyma,  shizma  pardoz,  panjarasimon  oyma  zanjiri,  xajmli  oyma 
turlaridan iborat. Bundan tashkari, ganch oymakorlik turlari zaminli va zaminsiz oymalarga bo’linadi. 
Zaminli  oyma  –  yirik  oyma  binolarning  fasadlari  (tashqi  tomoni)  ni  va  katta  mehmonxonalarni  bezatishda 
qo’llaniladi. Oyma rel’efining chuqurligi 2-3 sm bo’ladi. Oyma zalning butun yuzasini 15-30 % ni egallaydi. Oyma qora 
fonda oppoq, faqat soyasi qop-qora yaxlit bo’lib ko’rinadi. Yirik oyma namunalari qadimdan ishlangan bo’lib, Termiz (9-
10  asr),  Samarqand  (10  asr)  shaharlaridagi  obidalar  misol  bo’ladi.  Ganchkorlikda  hajmli  oyma,  barel’efli  haykalsimon, 
qubba,  qosh  va  boshqalar  ishlatiladi.  Bular  hajm  oymalar  deyiladi.  Ularni  oyib  ishlanadi.  Eng  ko’p  qo’llanadigan  oyma 
yassi oymadir. U inter’erda ko’p qo’llaniladi. Albatta katta bo’lmagan xonalarda oyma chuqurligi 1-1.5 sm bo’lib, unga har 
xil  pardoz  turlari  beriladi.  Oyma  naqshning  zamini  umumiy  yuzaning  30-40  %  ni  egallaydi.  Unga  joyiga  moslab  pax, 
shoka, lula, tabaqa pordoz beriladi. Qirma pardoz X asrlardan boshlab ishlangan. U Buxoro va Samarqand shaharlarida 17-
asrda  juda  keng  qo’llanilgan.  Oyma  zaminini  ko’zgu  tashkil  qilgan  ganch  oymakorligining  oynavandlik  turini  19-asrda 
buxorolik Shirin Murodov yaratgan. U birinchi bo’lib Buxoro xoni Ahadxonning “oq uy”ini bezashda 1913-1914 yillarda 
qo’llagan. Oymakorlikning bu turi oz mehnat qilib, yuqori samaradorlikka erishish bilan ajralib turadi. Ganch oymakorligi 
oymani yanada badiiy va ko’rkam bo’lishi uchun oyma zamini rangli bo’ladi. Oyma zaminga rang berishni ikki yo’li bor: 
1.Ganch  suvoq  ustida  2-5  mm  gacha  qalinlikda  rangli  ganch  bilan  tezda  suvaladi  va  pardozlanadi.  2.Bo’rtma  (  rel’ef) 
oyilgandan  so’ng  elim  boyoq  yoki  moy  boyoq  bilan  zaminini  moyqalamda  boyab  chiqiladi.  Oymani  rangli  boyoqlarda 
boyash ayniqsa 19-asrda juda keng tarqalgan. 
Panjasimon oyma  - binolardagi tokcha va tuynuklarni pardozlashda va qandillar tayyorlashda qo’laniladi. Bunda 
oymaning boshqa turlaridan farq qilib, oyilayotgan ganch taxtaning 2-tomonini teshib oyib, o’ziga xos pardoz turi beriladi. 
Nozik va nafis ganch oymakorligi namunalari me’morchilik taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlarini kursatuvchi badiiy 
vositalardan  biridir.  Ganchdan  oyib  ishlangan  oyma  turlari  ko’p  bo’lib  mohir  oymakor  ustalar  ulardan  foydalanib 
mo’’jizalar  yaratib  kelganlar.  Ular  binolarning  tashqi,  ayniqsa,  ichki  qisimlarini  nafis  ganch  oymakorligi  bilan  bezab, 
kishilarga nafosat, zavq baxsh etganlar. 
Ganch oyish uchun ustalar 17 tadan ortiq asbob ishlatganlar, jumladan: skalpel, iskana, shuturlardan, pux qalam, 
ishqor,  qalamtoq,  morpech  qalam,  qalam  pilta  qalam,  patak  binni,  nova,  qalakmi  shundorta,  lo’laksh,sharafa  qalam, 
mol’bergi. 
 

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish