Rezinalar. Yuqori elastik materiallarga tabiiy va sintetik polimerlarni misol qilib ko‘rsatish
mumkin. Kauchiklar muxim tabiiy yuqori elastiklikka ega bo‘lgan materiallarga kiradi. Xozirgi vaktda
juda ko‘p xilma- xil sun’iy kauchiklar ishlab chikarilmoqda, bunday materiallar rezina ishlab
chiqarishning negizini tashkil qiladi. Tabiiy kauchik tropik iklim sharoitida o‘sadigan kauchik
daraxtining sharbati ( lapeks) dan ajratib olinadi. Kauchik + 50
0
C da yumshaydi va yopishkoq bo‘ladi,
past temperaturada esa murt xolatga o‘tadi. Kauchikning benzindagi eritmasidan rezina yelimi olinadi.
Rezina elektrotexnikada keng qo‘llaniladi. Undan sim va kabellar yuzasini izolyatsiyalashda
qoplovchi sifatida, shuningdek himoya qulkopi, kalishlar tayyorlashda foydalaniladi. Sof kauchik
qutbsiz dielektrik material bo‘lib, uning dielektrik xossalari qo‘yidagicha: E
r
= 2,4; tgδ=0,002; ρ=10
14
Omm. Elektr izolyatsiyalashda ishlatiladigan rezinalarning dielektrik xossalari qo‘yidagicha bo‘ladi;
E
r
=3-7; tgδ=0,002-0,1; ρ=10
13
Omm; Ye
t
= 20-30 MV/ m. Rezina yaxshi dielektrik bo‘lgani bilan,
issiklik, yorug‘lik va ultrabinafsha nurlari ta’sirida tez eskiradi. Rezina o‘zidan elektr tokini
o‘tkazmaydi. Agar uning tarkibiga ko‘mir kukuni kirgizilsa elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Bunday
rezinalar mashina, konstruksiya, uskunalarda paydo bo‘ladigan zaryadni o‘zi orqali yerga tez o‘tkazib
yuboradi.
Sintetik kauchiklar kabel sanoatida izolyatsiya va himoya qoplamasi sifatida keng qo‘llanilmokda.
Ularni tayyorlashda spirt, neft va tabiiy gazdan foydalaniladi. Butadeinli kauchik yaxshi elektr
izolyatsiya va elastiklik xossalariga ega bo‘lib butadeinni polimerlash orqali olinadi. Uning dielektrik
xossalari ko‘yidagicha: E
r
=2,3; tgδ=0,008; ρ=8,5x10
11
Omm; Ye
t
= 42 MV/ m. Butadeinli kauchikning
yukori ish temperaturasi 60/65
0
S. Butadiyen – stirolli kauchik butaden va stirolni birgalikda
polimerlash natijasida olinadi. Uning dielektrik ko‘rsatkichi ko‘yidagicha. E
r
=2,3; tgδ=0,003; ρ=1,1
x10
11
Omm; Ye
t
= 46 MV/ m. Zichligi 940 kg/ m
3
, ish temperaturasi – 35/65
0
S. undan kabel
izolyatsiyasida koplama sifatida foydalaniladi.
Butilkauchik izobutilinni izoprin bilan birgalikda polimerlash orkali ishlab chikariladi. Uning
zichligi 930 kg/ m
3
, ish temperaturasi – 40/105
0
S, dielektrik xossalari: E
r
=2,4; tgδ=0,004; ρ=2,1 x10
11
Omm; Ye
t
= 22 MV/ m.
Kremniy organikli kauchik tarkibida kremniy va organik radikallar bo‘lib, yuqori darajada
egiluvchan va yaxshi dielektrik hossaga ega. U suvda, namlik sharoitida va past bosimda ishlashi bilan
birga moy va ishkor ta’siriga xam chidamlidir. Uning zichligi 2000 kg/m
3
, dielektrik hossalari: E
r
=2,9;
tgδ=0,008; ρ=1,2 x10
11
Omm; Ye
t
= 29,3 MV/ m.
Do'stlaringiz bilan baham: |