158
8 15 mm
uzunlikda
90
0
burchak
qilib bukish
Chilangarlik
verstagi, tiski,
opravka
bolg’a, 90
0
li
go’niya
9 Teshik
parmalash
Parmalash
dastgohi,
patron,
dastaki
tiski, yog’och
brusa
Parma,
shtangentsirkul
10
Buyumning
hamma
qirralarini
o’lcham
(chizma)
bo’yica
egovlash
Chilangarlik
verstagi, tiski
Egov,
shtangentsirkul
11
Buyumning
konturidagi
g’uddalarini
yo’qotish
Chilangarlik
verstagi, tiski
Egov
12
Qotirgichni
jilvirlash
Chilangarlik
verstagi, tiski
Jilvir
Mustahkamlash uchun savollar:
10. Buyumni tayyorlashning texnologik jarayoni deganda nimani tushunasiz?
11. Texnologik jarayonning tarkibiy qismlarini ayting.
12. Sterjen qotirgichini yasashning texnologik kartasini tuzish tartibini ayting.
13. Sterjen qoplagichini yasashning texnologik jarayonini tashkil qilishni qanday
tushunasiz?
14. Buyumni tayyorlashning texnologik jarayoni deganda nimani tushunasiz?
15. Texnologik jarayonning tarkibiy qismlarini ayting.
16. Sterjen qotirgichini yasashning texnologik kartasini tuzish tartibini ayting.
17. Sterjen qoplagichini yasashning texnologik jarayoninitashkil qilishni qanday
tushunasiz?
159
13-mavzu. 4-Modul. Elektrotexnik hamda elektron uskunalarni ishlab chiqarish texnologiyasi. Elektr
montaj ishlari.
Reja 2 soat
1.Elektr montaj ishlari, ularda foydalaniladigan asboblar turlari va tuzilishi.
2.Elektr montaj ishlarida ish o‘rnini tashkil qilish.
3.Elektr o‘tkazuvchi sim turlari.
4.Elektr montaj ishlarini bajarish usullari va ularda foydalaniladigan asboblarni ishlatish texnologiyasi.
Tayanch iboralar: Elektr montaj ishlari, asboblar, elektr montaj,elektr o‘tkazuvchi sim, q
isqa tutashish, elektr
zanjir, elektr kontakti, maishiy elektr asboblar.
Umumiy ma’lumotlar.
Maishiy turmushda qo`llaniladigan elektr asboblariga avvalo ularning ishonchliligi, uzoq vaqt foydalanish uchun
yaroqliligi, tejamkorligi hamda dizayni kabi ko`rsatkichlariga ko`ra baho beriladi. Tanlangan elektr jihozi o`rnatiladigan
joyni oldindan mo`ljallash, zarur bo`lganda uning xavfsizligini ta`minlash choralarini ko`rish lozim bo`ladi (1-jadval).
Maishiy elektr asboblarini elektr tarmog`iga ulashda amal qilinadigan asosiy qoida bu qisqa tutashuvga yo`l
qo`ymaslikdir. Qisqa tutashish– elektr zanjiri o`tkazgichlarida zarar elektr kontakti hosil bo`lishidir.
O`zgaruvchan tok tarmog`i fazalar orasida (2 va 3 fazali) yoki fazalarning er bilan tutashuvchi (birfazali) natijasida
qisqa tutashuv sodir bo`lishi mumkin.
Qisqa tutashuv o`zgarmas tok tarmog`ida qutblar orasida yoki qutb bilan er orasida sodir bo`ladi. Qisqa tutashuv
elektr asboblari qismlarining yaxshi izolyatsiyalanmaganligi va odatda zanjirda tok kuchining ancha ortib ketishi natijasida
vujudga keladi. Bu elektr jihozlarining buzilishiga olib keladi. Qisqa tutashuvning xavfli oqibatlarini bartaraf qilish uchun
rele yordamida himoyalash yoki oson eruvchan saqlagichlar qo`llaniladi, bular zanjirning qisqa tutashuv qismini tezda
uzishilishini ta`minlaydi.
Ko`pchilik holatlarda qisqa tutashuv elektr asbobini tarmoqqa ulanganida sodir bo`ladi.
Bu holat nosozlik sababini o`sha asbobdan qidirish lozimligini anglatadi.
Qisqa tutashuv paytida elektr o`tkazgichlar ishdan chiqishi va hatto yong`in kelib chiqishi mumkin.
1-jadval
Ba`zi elektr asboblari iste`mol qiladigan taxminiy elektr quvvati
№
Maishiy elektr asbobi
Iste`mol qiladigan tahminiy elektr quvvati, Vt
Kir yuvish mashinasi
300 – 2300
Dazmol
1500-2300
Elektr choynak
1000-2000
Fen (sochquritgich)
1000-2000
Mikro to`lqinli pech
1500-2000
Elektr isitgich
1000-2000
Chang yutgich
400-2000
Shartli quvvatga ega elektr asboblari
Xolodilnik
150-600
Televizor
50-400
Kompyuter
100-400
Elektrlampalari
25-250
Agar qisqa tutashuv oqibatida elektr o`tkazgichida yong`in yuzaga kelsa zudlik bilan elektr tokini uzish kerak
bo`ladi. Agar, buni imkoni bo`lmasa, elektr o`tkazgich simlarni har qanday yo`l (misol uchun bolta, bolg`a) bilan uzish va
shundan keyingina olovni o`chirishga kirishish lozim bo`ladi.
Bu kabi vaziyatlarning oldini olish uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
1. ko`p quvvat sarflovchi elektr asboblarini bir vaqtning o`zida, hatto turli rozetkalar orqali ham tarmoqqa ulamaslik;
2. rozetkalarda imkon darajasida troyniklardan foydalanmaslik;
3. elektr isitish asboblaridan foydalanilganda, rozetka va vilkaning holati, ularning qizib ketmaganligini tekshirib
turing. Vilka qanchalik qizib ketgan bo`lsa, tarmoq holati shunchalik yaxshi emasligi to`g`risida xulosa chiqariladi;
4. hech qachon alyuminiy va mis simlarni birgalikda ulamaslik kerak.
5. Elektr asboblari nosozligini tashqi belgilariga ko`ra ham aniqlash mumkin. Masalan, ventilyator dvigateli g`altagi
qizib ketishi, elektr plitasi komforkasi
etarlicha qizimasligi, chang yutgich dvigateli kollektor shetkalari eyilishi, kir yuvish
mashinasi ichidagi
rezina trubalaridagi yoriqlar, podshipniklar moylangan qismlarida chiqitlarning to`planib qolishi kabilar.
160
Shu kabi kamchilik va nosozliklar vaqtida aniqlab ba`zi holatlarda hatto ta`mirlash ustaxonalarda ham so zlab
bo`lmaydigan buzilishlarning oldi olinadi.
Buning uchun profilaktika tariqasida bu kabi defektlarni aniqlab borish, bitta detalni
sozlash uchun korpus
ochilganida qolgan qismlarni ham ko`zdan kechirish lozim bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: