Техник конструкциялаш ва моделлаш



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                          
 


115 
 
10-mavzu. Metallarga ishlov berishda qo’llaniladigan qo’l va elektr dastgohlarning ishlash 
prinsipi. 
Reja: 2 soat 
1.Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan asboblar.  
2.Metallarga ishlov berishda qo’l va elektr asboblarning turlari va tuzilish, ishlash prinsipi.  
3. Metallarga ishlov berishda qo‘llaniladigan dastgohlar. 
4.Metallarga ishlov beradigan elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar. 
5.Elektr asboblar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari. 
 
         
Tayanch 
iboralar
asboblar, 
qo’l  va  elektr  asboblar,  dastgohlar,  elektr  va 
mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, texnologiya, tarkibiy qism, dizayn, texnika, texnologiya, tokarlik.  
 
1.Metallarga  ishlov  berishda  qo‘llaniladigan  asboblar.  Metallni  qaychi  bilan  qirqish  juda 
unumli bo’lib, qirindi chiqarmay turib istalgan shakldagi detalni qirqishga va to’g’ridan-to’g’ri tayyor 
detal  olishga  imkon  beradi.  Biroq,  qaychilar  bosim  hisobiga  qirqqani  uchun  metallni  qirqishga  katta 
kuch  kerak  bo’ladi.  Shuning  uchun  qaychilar  bilan  list  materiallar  qirqiladi.  Profil  va  chiviq 
materiallarni kesadigan mexanik qaychilar ham mavjud.  
Qo’l  qaychilar  (1-rasm)  yupqa  list  materialni  qirqish  uchun  ishlatiladi.  Ular  bilan  0,5-0,7 
mmqalinlikdagi po’latni, tunukani, qalinligi 1,5 mmgacha bo’lgan rangli metallarni kirqish mumkin.  
Qo’l  qaychilarning  tig’i  kalta,  dastasi  uzun  bo’ladi.  Qaychilarning  tig’i,  v  =  70°      burchak 
ostida charxlanadi. Metallni qirkqanda paydo bo’ladigan kuch ta`sirida tig’ning o’t, maslashishiga yo’l 
qo’ymaslik uchun charxlanish burchagi shunchalik katta olinadi.  
Qaychilarning  tig’ini  o’tkir  va  to’g’ri  chiziqli  qilib  charxlash  kerak.  Tig’lar  butun  uzunligi 
bo’yicha o’zaro yondoshib turishi lozim. Ular orasidagi zazor 0,2mmdan oshmasligi darkor.  
Agar  zazor  bundan  oshib  ketsa,  qaychi  metallni  qirqmay  ezadi,  natijada  kirqilgan  joy 
g’adirbudur bo’lib chiqadi. Agar tig’lar orasida zazor bo’lmasa, katta ishqalanish kuchi paydo bo’lib, 
tig’ni  tez  o’tmaslashtirib  qo’yadi.  Tig’larning  ishqalakishini  kamaytirish  uchun  ular  bir-biriga  tegib 
turadigan  tekislik  ki-chik  (b  =1-2°)  burchak  ostida  charxlanadi.  Qo’l  qaychilar  65,  70  markali 
po’latdan yasaladi, qirquvchi tig’lar NRS 52-58 qattiqligigacha toblanadi.  
Qaychilar  o’naqay(1-rasm,  a)  va  chapaqay(1-rasm,  b)  bo’ladi.  O’naqay  qaychilar  bilan 
qirqqanda pastki tig’ning qiyaligi o’ng tomonda bo’ladi. Bunday kaychilar ko’proq qo’llanadi.  
Chapaqay qaychilar egri chiziqli detallar qirqishda foydalaniladi.  
Listlar va trubalarda shakldor teshiklar ochish uchun egri tig’li qaychilar ishlatiladi (1-rasm, v).  
Qirqish paytida qaychi o’ng qo’l bilan ushlanadi (1- rasm, g).Bosh barmoq yuqori dasta ustida 
turadi, uch o’rta barmoq bilan pastki dasta ushlanadi, ko’rsatkich yoki kichik barmoq dasta,tar orasida 
turib,  dastalarni  ochib  turadi.  Qirqish  paytida  qaychining  yuqori  tig’i  reja  chizig’i  ustidan  yurishi 
kerak.  
 
1-rasm. Qo’l qaychi bilan yupqa list materialni qirqish  


116 
 
Qirqiladigan metall qaychilarning jag’i orasiga qanchalik ichkari kirsa, shuncha kam kuch bilan 
qirqiladi. Lekin tig’lar katta ochilganda kirqish kuchining gorizontal tashkil etuvchisi kattalashadi va 
metall qirqilmasdan itariladi, qaychi jag’lar orasidan chiqishga harakat qiladi (1-rasm, d). 
Tig’lar taxminan 30° ochilganda ishqalanish kuchi va ishchi chap qo’lining kuchi itaruvchi 
kuchga qarshi tura oladi. Ana shu burchakni qo’l qaychilyar bilan metall kirqishda eng qulay burchak 
deyish mumkin.  
Qirqish paytida qaychining yuqori tig’i reja chizig’i ustidan yuritiladi, chap qo’l bilan qirqib 
olinayotgan qism bukib turiladi. Bunda metallni keskin bukib yubormaslik kerak.  
Qaychini oldinga yurgizyb qirqqan sari uni qirkiladigan joyga taqab borish kerak. Aks holda 
g’adir-budurliklar paydo bo’ladi.  
Qaychi qirqilayotgan metallga tik ushlanishi lozim. Qiyshaytirilsa, qirkmasdan metallni ezadi.  
Yupqa plastmassa listlarini oddiy qo’l qaychilar bilan qirqsa ham bo’ladi. Lekin bunda tig’lar 
orasidagi zazor juda kichik (0,1-0,2mmbo’lishi kerak. Qirqish paytida listni stolga zich taqab turish 
kerak. Mo’rt plastmassalar: polistirol, organik shisha va boshqalarni qaychi bilan qirqish kerak emas, 
ular arra bilan qirqiladi.  
Diametri 3mmgacha bo’lgan sim  ombur bilan qirqiladi.  
Stul qaychilar (2- rasm, a) qo’l qaychilardan yuqori dastasining uzunligi (400-800mm)pastki 
dastasi to’g’ri burchak ostida egilib, uchi o’tkirlanganligi bilan farq qiladi. Shu o’tkir uchi taxtaga yoki 
dastgohga qoqib qo’yiladi.   
              
 

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish