Ishqalagichlarni abraziv materiallar bilan qoplashning (sharjirovkalash) ikki — bevosita va bilvosita
usuli bor. Bevosita usulda yassi ishqalagich taxtaning ish qismini kerosin bilan yuvib, quruq latta bilan artiladi.
Ishqalagichning yuzasiga kukunli pastani bir tekis surkab, toblangan po‘lat valikni ishqalgich sirtida 3—5 marta
oldinga va orqaga yumalatish kerak (3-rasm, a). Diametri 10 mm. dan ortiq yumaloq ishqalagich plastinasining ish
yuzasini abraziv material bilai qoplash uchun kerosinda yuvib, quruq kilib artiladi.
111
Do'stlaringiz bilan baham: |