3. To`liq va to`liqsiz gaplar haqida ma`lumot.
Sodda gaplar.zarur bo`laklarning to`la ifodalanishi yoki tushirilishiga ko`ra ikkiga bo`linadi:
to`liq gap va to`liqsiz gap.
Bayon etilayotgan fikrni ifodalash uchun zarur bo`lgan bo`laklarning barchasi ishtirok etgan
gap to`liq gap deyiladi. Aytilayotgan fikrni ifoda qilish uchun zarur bo`lgan bo`laklarning bir qismi
tushirilgan gap to`liqsiz gap deyiladi. Lekin to`liqsiz gapdagi tushirib qoldirilgan bo`lak
kontekstdan, oldingi gapdan anglashtb turadi. Masalan; Oting nima? — Tal`at. — Kimning
o`g`lisan? — Nazir akaning. (R.F.)
Do'stlaringiz bilan baham: |