3. Kirish so`z va kirish birikma.
So`zlovchining o`zi bayon etayotgan fikrga bo`lgan turli munosabatni bildiruvchi so`z va
so`z birikmasi kirish so`z yoki kirish birikma deyiladi.
Kirish so`z, kirish birikma mazmunan butun bir gapga yoki uning biror bo`lagiga tegishli
bo`lib, so`zlovchining gumon, shubxa, ishonch, tasdiq, taajjub, shodlik, eslatish kabi
munosabatlarini, fikrning kimga qarashliligini, tartibini ifodalaydi.
Kirish so`z ko`pincha modal so`zlar bilan, kirish birikma esa so`z birikmasi orqali
ifodalanadi. Masalan: Bularning hammasi endilkda orqada qolib ketgan gaplar edi, albatta.
(Ch.Ayt.) Umuman, ezgu ishning kechi yo`q. (O.Muxtorov.) Xullas, cho`lga shiddat bilan xamla
qilayotgan to`fon kundan — kunga kuchayardi. (J.Abdullaxonov.) Darvoqe, Anvarga ko`p
mexnatim singgan. (A.Q.)
Do'stlaringiz bilan baham: |