V. Mulkiy javobgarlik
1. Buyurtmachi maishiy xizmat sifatiga oid e’tirozlarni buyurtmani qabul qilish va
berish joyida belgilangan kafolat muddatlari mobaynida, kafolat muddati bo‘lmagan
buyumlarga e’tirozlarni esa buyurtmani olish vaqtida bildirishga haqlidir.
Buyurtmani uyda bajarish uchun xodimlar buyurtmachi bilan kelishilgan vaqtda
kelmasa, buyurtmachi xo‘jalik yurituvchi subyektdan yetkazilgan moddiy zararni to‘lashni
talab qilishga haqlidir.
2. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachi e’tirozini darhol, qo‘shimcha o‘rganish va
tekshirishni talab qiladiganlarini esa — e’tiroz bildirilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida
ko‘rib chiqishi kerak.
3.
Xo‘jalik
yurituvchi
subyektning
shartnoma
shartlaridan
ish
sifatini
yomonlashtiradigan darajada chetga chiqishi yoki boshqa kamchiliklar bilan bog‘liq da’volar
buyurtmachi tomonidan ish qabul qilib olingan kundan boshlab 6 oy mobaynida, agar
nuqsonlarni ishni qabul qilib olishning oddiy usulida aniqlash mumkin bo‘lmasa — ish qabul
qilib olingan kundan boshlab bir yil mobaynida berilishi mumkin.
Qurilma va inshootlardagi ishni qabul qilib olishning oddiy usulida aniqlanishi mumkin
bo‘lmagan kamchiliklarga oid da’voni buyurtmachi ish qabul qilib olingan kundan boshlab uch
yil mobaynida berishi mumkin.
Agar shartnomada kafolat muddati nazarda tutilgan va ishdagi nuqsonlar to‘g‘risidagi
murojaat kafolat muddati doirasida berilgan bo‘lsa, da’vo muddati nuqson to‘g‘risida murojaat
qilingan kundan boshlanadi.
4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmani bajarish muddatini buzgan taqdirda, u
buyurtmachiga har bir kun uchun buyurtmaning buyurtma qabul qilingan paytdagi
qiymatining 1 foizi miqdorida, lekin ish yoki buyurtma qiymatining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan
miqdorda penya to‘laydi.
Buyurtmachi bajarilgan buyurtmani o‘z vaqtida olib ketmagan hollarda xo‘jalik
yurituvchi subyekt buyurtmachidan kvitansiyada ko‘rsatilgan buyurtmani bajarish muddati
tamom bo‘lgan kundan boshlab kechiktirilgan har bir kun uchun ish qiymatining 1 foizi
miqdorida, lekin ish qiymatining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya undiradi.
5. Buyurtma sifatsiz bajarilgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyekt buyurtmachiga ish
va xizmatlarning buyurtmani bajarish vaqtidagi qiymatining 20 foizi miqdorida aybona
to‘laydi.
6. Buyurtmachiga tegishli bo‘lgan buyum (material, xomashyo)ni to‘liq yoki qisman
yo‘qotgan (ishdan chiqargan) xo‘jalik yurituvchi subyekt uch kun muddatda uni xuddi shunday
buyum (material, xomashyo) bilan almashtirishi yoki buyurtmachiga yetkazilgan zararni shu
vaqtda amalda bo‘lgan narxlarda qoplashi kerak.
Bajaruvchi va buyurtmachi o‘rtasida yuzaga kelgan nizolar xo‘jalik yurituvchi
subyektlar rahbariyati tomonidan yoki sud orqali hal qilinadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 10-son, 40-modda; O‘zbekiston
Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 11-12-son, 97-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda)