O`zbekiston respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish
to`g`risida” gi qonuni 1996 yil 27- dekabrda qabul qilingan bo`lib, u 30 ta
moddadan iboratdir. Qonunning 1- moddasida Atmosfera havosi tabiatni muhofaza
qilish obe`kti sifatida yozilgan bo`lib, bunda “Atmosfera havosi tabiiy
resurslarining tarkibiyqismi bo`lib, u umum milliy boylik xisoblanadi va davlat
tomonidan muhofaza qilinadi” deyilgan.
Qonunning 3- moddasida, Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risidagi
qonun hujjatlarining asosiy vazifalari berilgan. Ular quyidagilardan iborat;
*atmosfera hovosining tabiiy tarkibini saqlash;
*Atmosfera havosiga zaharli kimyoviy, fizikaviy, biologic va boshqa hil
ta`sir ko`rsatilishining oldini olish hamda kamaytirishi;
*davlat organlari korhonalar,muassasalar,tashkilotlar, jamoat birlashmalari
va fuqarolarni atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy
jihatdan tartibga solishdir;
4-moddada Fuqarolarning hayot uchun qulay atmosfera havosiga ega bo`lish
huquqi va uni saqlash sohasidagi majburiyatlar.
69
Fuqarolar hayot sog`liq uchun qulay atmosfera havosiga ega bo`llish,
atmosfera havosining holati hamda uni muhofaza qilish yuzasidan ko`rilayotgan
chora-tadbirlar to`g`risida o`zvaqtida va to`g`ri axborot olish,atmosfera havosiga
ifloslantiruvchi moddalar va biologic organizmlar chiqarilishi hamda fizikaviy
omillarning atmosferaga zararli ta`siri ko`rsatishi orqali o`zlarining salomatligiga
hamda mulkiga ziyon etkazilgan hollarda zararni undirib olish huquqiga egadirlar.
Fuqarolar atmosfera havosini avaylashlari uning ifloslanishiga kamayishiga va
unga fizikaviy omillar zararli ta`sir etishiga olib keluvchi harakatlarni qilmasliklari
shart.
Bu qonunda atmosfera havosini muhofaza qilish hamda aholining hayot
faoliyati havfsizligining ta`minlash maqsadida bir necha moddalar ishlab
chiqilgan. Bular quyidagilardan iborat;
14-modda. Yoqilg`I va yonilg`i-moylash materiallari sifatiga doir talablar.
O`zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan yoqilg`I va yonilg`I
moylash materiallarining barcha turlari O`zbekiston Respublikasi Tabiatni
muhofaza qilish davlat qo`mitasi bilan kelishilgan standartlar talablariga mos
bo`lishi lozim.
15-modda. O`zbekiston Respublikasi hududiga transport vositalari va
boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini olib kirish va ularning kirib kelish
shartlari.
Transport vositalari va boshqa qatnov vasitalari hamda qirilmalari
ko`rsatiladigan salbiy ta`sir ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar
miqdoriga va ular fizikaviy omillarning zararli ta`sir ko`rsatilishiga doir
O`zbekiston Respublikasi hududida amal qilinadigan normativlaridan oshmagan
taqdirdagina O`zbekiston Respublikasi hududiga bu vositalar va qurilmalarni olib
kirishga ularni kirib kelishiga yo`l qo`yiladi.
16-modda. Tanspotr vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda
qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish.
Ishlatilgan
gazlar
chiqarib
yuborilganida
ularadgi
ifloslantiruvchi
moddalarning miqdori yoki ular fizikaviy omillarning zararli ta`sir ko`rsatishi
70
normativlardan yuqori bo`lgan transport vositalariva boshqa qatnov vositalari
hamda qurilmalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qirilmalarning
egalari ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori va ular
fizikaviy omillarininig zararli ta`sir ko`rsatishi normativlarga rioya qilinishini
ta`minlashlari shart.
17-modda.Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda
qurilmalarini ta`mirlaydigan va ularga texnik hizmat ko`rsatadigan korhonalar va
tashkilotlar va oldiga qo`yiladigan talablar.
Atmosfera havosiga zararli ta`sir ko`rsatuvchi transpot vositalari va boshqa
qatnov vositalari hamda qurilmalarni ta`mirlaydigan va ularga tehnik hizmat
ko`rsatadigan korhonalar va tashkilotlar ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi
moddalari miqdorining hamda ular fizikaviy omillari zararli ta`sir ko`rsatishining
normativlariga muofiqlligini tekshirish va tartibga solib turishini taminlaydilar.
Andijon viloyati , Andijon shahar ekologik tizimiga taransportlarini tar`sirini
kamaytirish maqsadida, aholining hayot faoliyati havfsizligi (XFH) maqsadida
“Toza havo” operatsiyasi o`tkaziladi. “Toza havo” operatsiyasi Andijon viloyati
hokimi tomonidan “Toza havo” operatsiyasi o`tkazishga FARMOISH beradi. Bu
“Toza havo” operatsiyasi yilda ikki marotaba o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |