Yaralangan-ishq pdf



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana24.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#184255
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yaralangan-ishq

….. Men…Men oddiy qishloq hayotida katta bolganman , onam bechora ichkillikka mukkasidan ketkan 
otamning kaltaklariyu horlashlaridan o’lib ketgandilar . Onam olamdan o’tkandan keyin men 
chidolmadim , o’zimning bunday kaltaklarga loyiq emasligimni o’z o’zimga takrorladim va … va uyimdan 
qochtim . hech oylamadim , otamning ahvoli nima boladi ? Kim degan odam boladi deb oylamadim … 
Shunchaki oldi ortimga qaramay qochtim ! 
    Shaxarga keldim … osha payttagi qahvahonalardan biriga ishga yollandim , o’zimni omadli sanab 
yaxshi hayotga qadam qoydim deya o’z o’zimdan faxrlandim . Ammo bu uzoqqa chozilmadi afsuski … 
oladigan maoshim ozgina bolib faqat qahvahonaga tunashim uchun tolashimga va ozgina yeb 
ichishimga ortib qolardi . Bazida o’zim qahvahonada ishlay turib och bolardim , kelib ketgan mijozlarning
tamaddi qilishini zavq bn kuzatardim …  Shu shu kunim o’tib yurgan edi … 17 yoshdan o’tkanimda seni 
otangni uchrattim , u hayotimga qutqaruvchi Farishta bolib kirgandi … Menga shirin so’zlar aytar , och 
qolgan paytim qornimni toydirib qoyar , meni sayrga olib chiqib shaxar aylantirar edi . Men uchun 
shuning o’zi KATTA BAHT edi . Bundan ortig’ini kutmaganman ham , toki …toki boyimda bolmaguncha , 
o’zim ham buni kech angladim , yoshligim tufaylimi yoki soddaligim sabab bunga aqlim yetmabti , va 
nihoyat konglim aynib , yeganimni qusib tashlayverganimdan songina yengilgina doctor ko’rigi boyimda 
borligini va bolam anchayin katta bolib qolganini aytti , abort qilish ilojsiz ekan!
Men bu haqida otanga ayttim , unga  turmush qurishimiz kerakligini , ota bolishini va…. va endi boyimda 
borligini bildirdim … U esa … u chiqib ketgan koyi qaytib kelmadi … Ishonasanmi ? Hatto tirikmi , o’likmi 
deya habar ham olmay bedarak ketti … Men yana yolg’iz qoldim , tentakligim va soddaligim boshimga 
yetgandi . Qornim chiqib homiladorligim bilinib qolgach qahvahona egasi meni haydab yubordi , 
yengiltaklikta aybladi , kochada qoldim … Shunda hayolimga ancha avval tanishgan kampirni uyi keldi , 
uni oldiga bordim , yalinib yolvordim , menga joy berishini bolamni qolimga olgunimcha yashab 
turishimni so’rab iltimos qildim … Rozi boldi …
  Bor topkan pulimni kampirga berdim  , oy kunim kelgach bir o’lib bir tirildim … Sen dunyoga kelding , 
mittigina chaqaloq . Hatto qattiq ushlash ham mumkun emas edi … Seni kuzata turib , senga hatto taglig 
olishga ham qurbim yetmasligini tushindim , o’zimni qornimni toydira olmasligimni bila turib seni katta 
qilolmasdim , o’zim bola edim . Endigina 18 yoshga tolgan , har qanday qiz singari orzularim kop edi … 
Qolimda bola bn hechqayerga sig’masdim … Yoshman hali kop bolam boladi deya oyladim , senga esa 
yaxshiroq hayot beraman deb oylab Bolalar uyiga tashlab kettim … Kun kelib seni ajoyib oila asrab oladi 
va seni farzandlaridan ham ziyoda ko’rib oq yuvib oq tarab katta qilishadi … Sen esa juda ajoyib qiz bolib 
ulg’ayasan deb oyladim … Men yashagan hayotni ham ko’rgan azobni ham ko’rishingni istamadim … 
Ammo seni kòrgach amin boldimki rostan ham juda ajoyib va guzal qiz bolib ulg’ayibsan … Lekin otasiz 
va onasiz … Bu meni aybim … meni noshukurligim … Ahmoqligim … kechir meni qizim kechiirrrrr – Dilbar 
yuzini yostig’iga bosib hongrab yig’ladi …  O’zini qilmishidan o’zi uyaldi , nafratlandi , jirkandi ….
  


 Bu ancha davom etti … Dilbar sochini silay boshlagan qoldan ko’zini ochib qiziga qaradi   
- Kechir..dim.. sizni kechirdim o..yi..jon – Nargiza umrida bu so’zni ilk bor talaffuz qilgani uchun ham 
tutilib qoldi  va onasini bag’riga otildi … Bu ko’z yoshlar tohtamasa ham endi qayg’uli emas quvonchli 
edi . Ona va bola topishishdi … Yillar …yollar songra …baribir topishishdi … 
  2 kundan song  … 
 Shoxrux o’zini ko’rgani ammasi kelganini eshtgach juda xursand boldi , bu yerdan olib chiqadigan biron 
bir dalil topishdimkin deya rosa hayajonlandi …
- Assalomu aleykum amma 
- Vaaleykum assalom , yaxshimisan og’lim ?
- Yaxshi , nimadir toptingizmi ?
- Albatta , shu uchun keldim ..
- Va nihoyat ? Hosh
- Mana – Nigora Nizamova hujjatni stol ustiga qoyib Shox tomonga surdi . Shox shoshilib hujjatlarni ochib
oqir ekan hayrattan qotib qoldi va ammasiga qaradi 
- Bu…bul..ar 
- Sen mana shu hujjatga qol qoygan kuning bu yerdan ozod bolasan bolajonim .


- Ammo bu yerda
- Bu yerda sen o’zinga tegishli hamma narsani Farruhni nomiga o’tkazishing haqidagi shartnoma bor . 
Shunda Farruh ham o’z aksiyalarini senga berganligi haqidagi hujjatni sudga taqdim etadi va sen 
noqonuniy ish davosidan qutilasan bolajonim . Nima boldi ? Nega menga birinchi marta ko’rgandek 
tikilyabsan ? 
- Siz….
- Ha men … Shunaqasi ham bolib turadi , afsuski biroz tushunmovchilik tufayli Farruh bn joyingiz  
almashti . Umuman olganda bari teskari ketti … Ammo hechdan ko’ra kech . Qani bolaqol Shoxrux qol 
qoy! 
- Y…o’..o’q bu  otamdan menga qolgan yagona narsa . Hissalarim 
- Bu yerda qamalib ketsang chiqib olguningcha anavu ilon hammasini bir yo’qlik qiladi . Sen esa uni 
ishonchli qollarga topshiryabsan ! 
- Siz bunaqa emasdingiz …
- Yo’q sen meni yaxshi bilmasding ! Gapni chozma bolam qol qoy 
- ASLO !
- Unda mana shu devor orasida chirib ketasan ! Uh mayli oylab ko’r . Senga 1 hafta muhlat beraman . 
OK .
 Shoxruxni qayta kameraga olib borishdi , eshiktan kirgan zahoti tizzalab qolgan Shoxrux ammasining 
gaplarini eslab qalbi ortandi … U doyim yaxshi ko’rgan , ishongan , kezi kelganda suyangan ammasi hozir 
uni ortidan pichoq urdi , aslida doyim shunday qilgan … avvaliga pichoq urib jarohatlagan va sohta 
jumlalar bn uni ovutgan … Yagona yaqini qondoshim deb hisoblagan ammasi ham uni aldadi , xiyonat 
qildi … Merosni deb … Naqadar tuban kimsalar ….


   Shoxrux alamidan devorni mushti bn ura boshladi , qoli qonab ketmaguncha uraverdi , hatto qonasa 
ham bu og’riq tasir qilmadi … Qalbidagi  olov yonidan bu shunchaki chivin chaqqandek gap edi … 
Otasining “ bizni aldashdi , ortimizdan pichoq urishdi ‘ degan so’zlarini endi angladi . Otasi bilgan ekan … 
Shoxrux bu taklifni rad etishi haqidagi qarorda turib oldi , ammo Nargizni ko’rgach ikkilanib qoldi 
- Yaxshimisiz Shoxrux aka ? – Nargizaning kuyinchaklik bn aytgan so’zlaridan Shoxruxning qalbidagi yara 
bita boshladi 
- Ha , o’zing qalaysan . Zerikib qolmadingmi ? -  bir ikki og’iz gapirsa yig’lab yuborishga tayyor turgan 
qizni xazil bn kuldirmoqchi bolib gapni burib yubordi  Shoxrux 
- Judayam … qiynalib kettim … nega chiqmayabsiz Shoxrux aka . Sizga aytmoqchi bolgan BIR DUNYO 
gapim bor 
- Seni gaping qachon tugagandi o’zi . qachon qarama vaysaganing vaysagan 
- Ajab bopti . Hali shu turishingiz bolsa bu 4 devor orasida otiraverib o’zizga o’ziz  gapiradigan bolib 
qolasiz ! 
- Voyvo namuncha , hali otirganimga 2 hafta ham bolmadi .
- Men uchun esa 2 asrdek tuyuldi …
- Hafa bolma … tasavvur qil men Armiyaga ketganman , va tez orada qaytaman .
- Rostanmi ? Bu yerdan chiqasizmi ?
- Albatta , sen uchun …
- Men uchunmi 


- Haa…..ahir sendek jinnini kimdir jilovlab turishi kerak ku yo’qsa odamlar uchun haflisan !
- NIMAA , siz bn o’zi odamga oxshab gaplashib ham bolmaydi 
- Sen esa darrov arazlaysan 
- Chiqib olingku o’zim bilaman nima qilishni ?!
- Men ham bilaman 
- Yog’eee
- Haa hozir bildim 
- Hosh nima qilasz ?
- O’zgartiraman !
- N…ni..mani ?
- Nimani bolardi , eng muhimini . Jonimga tegdi 
- Nima ? - Nargizni ko’zlarida yosh qalqidi , hozir munosabatlarimizga nuqta qoysachi degan havotir 
uyaladi …
- Ha tayyor tur 
- Shoxrux aka , ochiqroq gapiring nimani o’zgartirmoqchisiz ?


- Familyangni ! 
- NIMA ? TUSHUNMADIM ?
- Boshqa narsani baloday tushunasanku – dedi Shox kulib , shundagina Nargizga uning gapining manosi 
tebti 
- Yaniii
- Hm demak rasman de …  . Hullas Nargiza Davletova menga….yaniii  hechvaqosi yo’q oddiy Shoxruxga 
turmushga chiqishga va uni umrini ohirigacha o’ldirib qoymaslikka , har janjalda dugonalar armiyasi bn 
kelmaslikka , doyim shirin ovqatlar bn siylashga , shirindan shirin farzandlar tuģib berishga va eng 
muhimi doyimo sevishga rozimisan ….deb so’ramayman . Turmushga chiqasan TAMOM . QAROR QATIY 
SHIKOYATGA ORIN YO’Q 
- Yo’q 
- Nima yo’q
- Shikoyatga orin da – Nargizaning qong’iroqdek kulgusi yangradi . …...Sziga bir gapni aytishim kerak .--  
Nargiza bari jiddiylashib ketgach Shoxga haqiqatni aytish uchun kelganini esladi va gapini nimadan 
boshlashini bilmay rosa chaynaldi …
- Nima ekan ?
- Men onamni toptim ! 
- N..imaaaa zo’rku ajoyib sen uchun hursandman 
- Uni taniysiz ! 


- O , nahotki kim ekan ?
- Haligi Dilabr Nizamova -  Shoxrux ammasi bn bolgan suhbattan song hali o’ziga kelolmagan edi , endi 
esa Nargizaning gaplaridan song butkul o’zini yuqotib qoydi … Naznida yer teskari aylangandek , hamma 
narsani oyog’I osmondan bolgandek boldi 
- Nargiz , agar turmush qurganimizdan keyin Dilbar Nizamovani senga ona bolishini nazarda tutkan 
bolsang  adashasan . U meni onam emas , senga ham afsuski ona bololmaydi . u hechkimga onalik 
qilolmaydi . O’zidan boshqasini yaxshi ko’rmaydigan xudbin ayol .
- Ammo u meni onam 
- Nargiza 
- Yo’q avval eshting , meni sizda qolib ketgan medalyonim yodingizdami ? 
- Shox biroz sukattan song birinchi uchrashuvlaridan song mashinadan topib olgan medalyonni esladi
- Ha , seni birinchi marta mashinamda turtib ketganimda tushurib qoldirgan ekansan orindiqta , keyin 
chontagimga solib qoyganidim uyog’iga 
- Uni honada tushurib qoldirgansiz , songra xizmatchilar honani tozalagan payt topib olishgan , osha 
medalyonni bir paytlar Dilbar Nizamova meni onam , bolalar uyiga tashlab ketishdan oldin taqib qoyagn 
ekan.Shundan meni topibti . Shoxrux aka u meni onam ekan … va men uni kechirdim … Bilaman bu siz 
uchun ham og’ir boladi . Ammo , men toģri qildim a ?
  Shox boshini egib jim turaverdi , hammasi shu koyida qolaversinmi ? Bolmaydi , endi hech narsa 
avvalgidek bolmaydi …
- Menga vada ber ?!- Nargiza Shoxruxning so’zlaridan gangib qoldi , qanaqa vada ???


- Qanaqa va..da ?
- Familyangni faqat meni sharifimga otib  ozgartirasan ! – Nargizani yelkasidan tog’ ag’darilgandek boldi ,
ko’zlaridan yosh oqib jilmaydi va mamnun boshini silkib qoydi . Shoxrux esa uni ko’z yoshlarini artib 
peshonasidan opib qoydi …
                              
                                                            ****
      Shox Ammasining taklifini qabul qildi va bor budini Farruhni nomiga o’tkazib berdi . Shu bilan birga 
oqlandi ham . Farruh aksiyalarini Shoxni nomiga o’tkazgani haqida hujjat ( Ikkala tomonning qoli ham 
sohtalashtirilgan , ammo Shoxning foydasi uchun ikkisi ham tan olgan )  tayorladi va endi Shox 
noqonuniy aksiyalarni emas o’z hissasini sotkan hisoblanardi . Aslidaham o’z hissalarini ozodligi evaziga 
almashdi … Ammo bu , muhum emas edi …
- Naqadar ajoyib , toza havo – koksini toldirib nafas olar ekan o’ziga jilmayib turgan nigohlarga yuzlandi 
va qollarini ikki tomonga keng ochdi , Nargiza esa yugurib kelib uni baģriga bosdi 
- Va nihoyat …
- B…og’..ib qoy…asa.n 
- Uzr hammasi joyidami 
- Ha sendachi 
- Endi ha 
- Hosh tayyormisan 
- Nimaga 


- Nikohtan otishgada kettik
- Hoy – Nargiza qolidan tortqilab ketyotkan Shoxruxni tohtatti – Bu nima qiliq ? Toychi . Kelin koylak , 
kuyov dasturhon , bazm 
- Ahir senga ayttimku , endi qora tulporim ham yo’q deb . Demak shunchaki borib nikohdan otamizda 
biron joyga kirib choy ichamiz ? Nima deding 
- Haziliz qursin ee 
- Bu hazil emas 
- Unchalik ham qashshoq emassiz , yoqsa sizga tegmasdim 
- Ooooo nahotki 
- Haa  , chunki endi Vasiyatnoma bor va unda takidlanishicha Aziz Nizamovning bor mol mulki sizga 
tegishli . Vasiyatnoma kuchga kirdi hozir siz eng avvalo kompaniayaga borishingz keraakk!! 
- Shoxrux – yolning narigi tarafidan yugurib kelyotkan Jasur o’zini Shoxni bag’riga otti – Dostim ozib 
ketganingni qarayaa 
- Haa nimasini aytasan rosa qiynaldim .. – deya Shoxrux Jasurga didiyosini boshladi 
- Hoy bas qiling  …. voy bularni bir biriga didiyo qilishinichi , qani tez oldimga tushingchi tezz 


6 oydan song ….
    Madina salondagi eng chiroyli koylakni Nargizaga olib qoydi ,oziyam qizlar naqd 1 oyni shu kelin 
libosini tanlashga sarflashdi , va nihoyat topishgandi , stilistga vaqtni belgilatib o’zi ishi bitkach salondan 
ketishga tayorlandi , stolda turgan taklifnomalarni ko’rib hali ularni ham tanlashmaganini eslab chuqur
uf tortib qoydi . Bolajak kuyov hamma ishni kelinga yuklab o’zi esa kompaniya bn band edi ! 
  Madina taklifnomalar ichidan biroz bejirimrog’ini tanladi va sumkasiga solib yolga tushdi , endi eshikni 
ochib tashqariga chiqqan ham ediki uni kutib turgan Farruhni ko’rdi … Shu 6 oy ichida ular deyarli 
umuman ko’rishishmadi , ammo hayollarida doyim birga edilar … Madina bir Farruhga qarasa bir yolning 
narigi tomonida turgan , Matluba opaning jiyanii Yodgorni mashinada o’zini kutib turganini ko’rdi , 
Madina shu vaqt oralig’ida Yodgor bn anchayin yaqin dost bolib qolishgandi , harholda Madina shunday 
oylayabti , aslida esa Yodgor allaqachon bu qizga ishqi  tushgan edi …
- Bu yerda nima qilyabsiz ? – keskin va sovuq ohangda gapirdi Farruhga 
- Ahvollaring qalay ?
- Yaxshi , hattoki a’lo . Turmushga chiqyabman – alamini olish uchun aytib yuborgan gapini oylamadi 
ham , ammo Farruhning nigohlarini ko’rgach ancha vaqttan beri ichini ortab kelyotkan alamdan halos 
bolgandek boldi 
- Tabriklayman …
- Rahmat , mana taklifnoma siz ham keeling ! – Stol ustidan Nargiza va Shoxrux uchun tanlagan bom 
bosh taklifnomani Farruhga uzattida u haqiqatni anglaguncha qadamini tezlatib ataylabtan jilmayib 
Yodgorning Mashinasiga otirdi va mashina ornidan qozg’aldi …
    Oynadan tashqarini kuzatar ekan huddi qadrli narsasini tashlab ketgandek ichidan zil ketti va Yodgorga
yuzlanib baqirdi 
- Mashinani qaytaring 


- Nima 
- TEZ !!! 
U allaqachon Farruhni kechirgan edi . Nargiza hammasini aytib bergan kuniyoq bu Farruhning qoli emas 
onasining  ishi ekanligiga amin bolgan , ammo qaytib borishga g’ururi yol qoymadi , Sevsa o’zi kelsin dedi
.Endi kelganda esa o’zi yuz ogirib ketyabti ,  ahmoq ahmoqsan Madina 
Mashina avvalgi joyida tohtadi , bahtiga Farruh hali ham osha joyda qolida taklifnomani ushlagancha 
ochishga botina olmay otirgan ekan . Madina yugurib bordida Farruhni qolidan taklifnomani yulib olib 
yirtib tashladi 
- Bu nima qilganing ?
- Toy otmen , endi   boshim bosh – dedi Madina Farruhga kozini siqib 
- Ajoyib olja , qoldan chiqarmaslik kerak 
- Shu maslahatingizga ozingiz ham amal qilsangizchi Farruh Nizamov
- Unda qolingizni bering Madina Davletova , boshqasi ilib ketmasidan mahkam tutib olay … Kechir 
- Allaqachon keshirganman ! 
                    *******
     Laylo oqishi boshlanganligi sabali har hil kasalhonalarda bolib amalyot otashga harakat qildi , shunday
kunlarning birida esa palatalardan birida yotkan Zuhra Karimovaning osma ukolini almashtirishiga tog’ri 
kelib qoldi 


- Assalomu aleykum – dedi Laylo o’ziga qaramay yuzini burib otirgan ayolga qarab 
- Vaaleykum assalom , yaxshimisiz qizim …- ohirgi uchrashuvidagi vajohatidan asar ham qolmay suvga 
tushgan mushukdek bolib otirgan ayol Layloga yuzlnadi va qolidan tutti – Laylo qizim kechiring meni …
- Nimalar qilyabsiz , qoying hammasi joyida 
- Yo’q  Laylo og’limni bahti siz ekansiz , bilaszmi sizdan ortiq qizni u topolmaydi , og’limni tashlab 
ketmang qizim iltimos uni tashlab ketmang 
- Iltimos boldi qiling , hop nima desangiz shu faqat yig’lamang , otinaman yig’lamang 
        Bir birini baģriga bosib turgan payt eshik ochilib Jasur va Guljahon kirib keldi kirishdiyu tohtab 
qolishdi 
- Chittak men tush ko’ryabmanmi ? – dedi Jasur dostini turtib 
- Uyg’on dostim uyg’on hayot bu hayot 
- Men hozir baqirishim mumkunmi ?
- Amakimga ayt bu shifohonaga homiylik qilsin , ana undan keyin yolaklar boylab qoshiq aytsang ham 
birov mushugingni pisht demaydi 
- Demak ovozingni ochir demoqchisanda 
- Ayni damda qorangni ham ochir , ular yolg’iz  qolishsin …


  Laylo bahtidan sarmast bolib telefonini qoliga oldida shifohonadan chiqqan zahoti Jasurning raqamini 
terdi 
- Kechirasiz – tanish ovozdan joyida tohtab ortiga burildi , bir dasta qip qizil atirgullar bn yuzini tosib 
turgan yigit u tomon yaqinlashdi – Mabodo siz meni qalbimni zabt etkan qiz emasmisiz 
- Mabodo emas aniq ! MENMAN – Jasur gullarni tushurib sehrli jilmaydi 
- Ha bu aynan SENSAN ….
 
Toy kuni ….
            Hamma bahtli , ozlari orzu qilgan , ozlari erishgan hayotlaridan mamnun … Nargiza honasida 
oppoq libosiga tikilgancha qizlarni kutardi … hali ham tayyor emas . Toy kechqurun bolsa ham hech 
qursa qizlar erta kelishsin … Nargiza hayajonini bosib turolmadi … Dilbar Nizamova ozi va qizi uchun 
alohida uy olib chiqib ketti , qasr esa oz egasi Shoxrux Nizamovaga tegishli boldi … Nigora Nizamovaning 
shuncha urunishi zoya ketti . Dilbar yashirib qoygan VASIYATNOMAni yuzaga chiqargach bor mol mulk 
qayta taqsimlanib Nigora Nizamova va og’li hech vaqosiz qolib ketishdi . Shoxrux esa o’ziga tegishli 
barcha narsaga egalik qildi va shuni ham unutmadiki O’z hissasidan Farruhga ham ajratib berdi va uni 
kompaniyadagi ornida olib qoldi . Zinnura bn ham dost tutinishdi , bazida Nargizani rashki tufayli biroz 
tushunmovchiliklar bolib turardi , ammo bular vaqtincha edi …
  Nargiza qizlar kelguncha oyisini yoniga bormoqchi boldi va eshigini taqillatti , javob bolmagach ichkariga
moraladi hechkim yoqligiga amin bolgach endi chiqib ketmoqchi bolgan payt telefonga habar kelganini 
bildiruvchi musiqa sadosi eshtildi . Nargiza ham erinmay ortiga qaytib telefonni qoliga oldi va habarni 
ochib oqidi 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish