Sana:________________
21-маvzu: Vatan sog‘inchi ila yashagan siymo(Z.M.Bobur tavalludi oldidan)
Kun shiori:
“Dilbar shaxs Bobur”
Maqsad:O`quvchilarda Z.M.Boburga hurmat, uning ijodiga qiziqishni yanada rivojlantirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy,
ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida
mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va
jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, va huquqiy madaniyatga ega
bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari,
Ma’naviyat yulduzlari kitobi,shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma
materiallar.
Doskada:
Toqatim toldi oqibat,
Taxtni yov oldi oqibat.
O`z yurtim qoldi oqibat,
Afg`on ketdim daryo kechib
Muhammad Yusuf
O`qituvchi:Z.M.Bobur O`rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyati o`ziga xos o`rin
egallagan adib, shoir, olim bo`lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur
keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos
solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo`lsa, serjilo o`zbek tilida
yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy
oldi. Uning nafis g`azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo`lib,
“Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalari esa
islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo`lib
qo`shildi.Z.M.Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijon, Farg`ona ulusining hokimi Umar
Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli
hokimlar, aka-ukalar,tog`-jiyanlar, amakivachchalar o`rtasida hokimiyat – ulug` bobolari
Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyat keskinlash
edi.Topshiriq: “Mushoira” mashqi. ( Bobur g`azallaridan namunalar)
Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq
me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka,
ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: