Nominatsiya
Nominatsiya (lot. nominatio — nomlash,
nom qoʻyish, atash) (tilshunoslikda) —
nomlash xususiyatiga ega boʻlgan, yaʼni
nolisoniy borliq unsurlariga nom berish va
ularni ajratib koʻrsatish, ular haqida
tegishli tushunchalarni shakllantirish
uchun xizmat qiladigan til birliklari —
soʻzlar, soʻz birikmalari, frazeologizmlar
va gaplarni xreil qilish. N. jarayonining
natijasi hisoblangan maʼnoli til birligi ham
ayni shu termin orqali ifodalanadi. Ayrim
olimlar N. terminini tilshunoslikning
nomlash jarayonlari tarkibini oʻrga-nuvchi
boʻlimini bildirish uchun ham qoʻllaydilar.
N.da 3 jihat farqlanadi: nomlanuvchi
obʼyekt, nomlovchi subʼyekt, tanlab
olinadigan til unsurlari. Alohida
tushuncha, predmet, belgi ("goʻzallik",
"kitob", "aytmoq", "yashil"), muayyan
belgilari boʻlgan predmet ("yashil da-
raxt") yoki butun bir voqea-hodisa ("Ba-
hor!", "Qushlar uchdi") kabilar N.ning
obʼyekti boʻlishi mumkin. Shu jihatdan N.
lugʻaviy va propozitiv (soʻz birik-masi va
ran shaklidagi) N.ga boʻlinadi. N.
jarayonida nomlash uchun asos sifatida
tanlab olinadigan belgi(lar) nomning ichki
shaklini tashkil etadi. Demak, ayni bir
obʼyekt oʻzining turli belgilari asosida
turlicha nomlanishi mumkin (Mas,
"bolalar stulchasi" — moʻljallanganlik;
"katta stul" — hajm, shakl belgisi).
Nomning tashqi shakli nomlash
jarayonida tanlab olinadigan leksik-
grammatik vositalar bilan belgilanadi.
Shu sababli ichki shakl jixatidan bir xil
boʻlgan nomlar oʻzlarining tashqi shakli
bilan farqlanadilar ("nuroniy" — "keksa
odam" — "chol").
N.ni vazifa va kelib chiqish jihatidan
tekshirish uni azaliy, avvaldan mavjud
boʻlgan (yoki hozirgi tilda tub deb
qaraladigan) N. va yasama (maʼno va
soʻz yasalishiga koʻra) N. deb ikkiga
ajratishga asos beradi. Avvaldan mavjud
boʻlgan yoki birlamchi N. jarayonlari —
hozirgi tillarda juda kam uchraydigan
hodisa: tilning nominativ boy-ligi, asosan,
oʻzlashmalar yoki ikkilamchi N. hisobiga
— N. jarayonida oldindan mavjud boʻlgan
birliklarning fonetik shaklidan yangi
ifodalanayotgan narsaning nomi sifatida
foydalanish hisobiga boyib bormoq-da.
Birlamchi N. natijalari muayyan til vakillari
tomonidan azaliy, dastlab-ki nom tarzida
idrok qilinadi (Mas, suv, togʻ, ichmoq,
qora kabi). Bunday N.larning yasama
ekanligi faqat eti-mologik yoki tarixiy
tahlil orqaligina aniklanishi mumkin.
Ikkilamchi N. natijalari esa morfologik
tarkibi yoki maʼnosiga koʻra, yasama nom
sifatida idrok qilinadi. Tilda tasviriy
vositalar, perifraza va idiomalarning hosil
boʻlishi ikkilamchi N.ning alohida
holatidir.
Tilning ichki rivojlanish qonuniyatlariga
mos keladigan va muayyan til vakillari
ehtiyojlariga javob bera oladigan N.lar,
odatda, umumisteʼmoldagi lugʻat
tarkibidan oʻrin oladi. Lekin maxsus
terminologik tushunchalar uchun
yaratiladigan yoki tor ijtimoiy guruhlar
doirasida (jargonlar), shuningdek, alohida
muallif tomonidan soʻz qoʻllashda paydo
boʻladigan N.lar haqida bunday deb
boʻlmaydi.
Abduvahob Madvaliyev.
... NOMIYA (yun. nomos — qonun) —
oʻzlashma qoʻshma soʻzlarning ikkinchi
qismi boʻlib, muayyan fanni, qarashlar
(yoki qoidalar) tizimini angla-tadi (Mas,
astronomiya, agronomiya).
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Manbalar
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 8 yillar avval DastyorBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Nominatsiya&oldid=1586974
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |