3.11. Tuproq xaritasini o‘rganish
Dehqonchilik
madaniyati
mavjud
yer
zaxiralaridan
to‘g‘ri
foydalanishni taqozo etadi. Buning uchun mazkur hududda tarqalgan
tuproqlarni har tomonlama va chuqur o‘rganish zarur. Tuproq
xossalarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda
meva va ekin turlari dalalarda joylashtiriladi, almashlab ekish tartibi,
agrotexnik va agromeliorativ tadbirlar tarkibi va me’yori belgilanadi.
Tuproqlar holatini maxsus guruh mazkur xo‘jalikda ishlayotgan
mutaxassislar - yer tuzuvchi, agronom, meliorator, gidrotexniklar bilan
hamkorlikda o‘rganadi.
Tuproqni o‘rganish uchun dastlab past-balandlikni nazarda tutgan
holda 1,5-2 m chuqurlikda kesim (tuproq chuquri) qaziladi. Maxsus dala
daftariga tuproq qatlamning tuzilish va tashqi ko‘rinishi batafsil yoziladi,
genetik qatlamlardan namunalar olinadi. Bir vaqtning o‘zida tuproq
eritmasining reaksiyasi, temir oksidlarini mavjudligi, karbonatlarni ta’siri,
tuz qoldiqlari o‘rganiladi. Tuproq kesimi kovlangan chuqurlikni mazkur
tuproq tipiga to‘liq mos kelishga ishonch hosil qilish uchun uning atrofida
qo‘shimcha yarim chuqur (100 sm gacha) va chuqurchalar (50 sm gacha)
90
kovlanadi. Mazkur hududning topografik asosida qabul qilingan - 1:10 000
masshtabli tuproq xaritasini tuzish nazarda tutilganda o‘rtacha 15 gektar
maydondan bitta chuqur qaziladi.
Olingan ma’lumotlardan foydalanish topografik asosda dastlabki
(dala) xaritasi tuziladi. Unda dalalarda qazilgan tuproq chuqurlarining
raqami belgilanib, aniqlangan tuproq turlarining ko‘rinishlari ifodalanadi.
Undan keyin xaritada o‘rganilgan tuproq turlari va ko‘rinishlarining
hududuiy chegaralari belgilanadi. Natijada, yer tuzish xaritasining
topografik asosida o‘rganilayotgan hudud tuproqlarining tarqalish holati
shakllanadi.
Topografik xaritadagi yotiqlikni ifodalovchi chiziqlar ajratilgan
tuproqlarning hududda tarqalish chegarasini aniqlashga va ularni xaritaga
joylashtirishga imkon beradi.
Tuproq chuqurlaridan olingan namunalar (tuman, xo‘jalik nomi,
tuproq chuqurligi, raqami, namuna olingan qatlam, muddati, muallif)
maxsus laboratoriyalarda quritiladi va tahlil qilinadi. Dala va laboratoriya
sharoitida olingan ma’lumotlar asosida o‘rganilgan hududning tuproq
xaritasi tuziladi. Buning uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalaniladi:
1. Dalada tayyorlangan (dastlabki) xarita.
2. Tuproqning barcha xossalarini (mexanik tarkibi, kimyoviy, fizik
xossalari, tashqi ko‘rinishi) izohlovchi tasnif.
3. O‘rganilayotgan hudud tuproqlari haqidagi mavjud ma’lumotlar.
Tuproq xaritasi yotiqligi ko‘rsatilgan yangi topografik xaritaga qora
rangda shartli belgilarni ifodalab chiziladi. Xaritaning chetida shartli
belgilar ko‘rsatiladi. Tayyorlangan xaritadan nusxa ko‘chirilib unga oldin
tayyorlangan rangli shartli belgilar qo‘yiladi. Tuproq xaritasiga tuproqning
unumdorlik, madaniylashganlik darajasini izohlovchi xaritogrammalar
ilova qilinadi.
Tayyorlangan xarita va xaritogrammalarga tushuntirish xati yoziladi.
Unda o‘rganilgan hududning geografik o‘rni, iqlim sharoiti, o‘rganish
masshtabi, tuproq chuqurliklari va olingan namunalar soni tashqi ko‘rinish
izohi (tasnifi, tuproq hosil bo‘lish sharoiti, tuproq turlarini tavsifi, ularning
tabiiy va agroishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha guruhlari,
91
tuproqlarni meliorativ holatini yaxshilash, eroziyaga qarshi kurash,
unumdorligini oshirishga oid tadbirlar ko‘rsatiladi.
Sho‘rlangan, botqoqlangan, qiyin o‘zlashtiriladigan tuproqlarni
foydalanishga tayyorlashdan oldin tuproq xaritasiga qo‘shimcha
hududning tuproq-meliorativ xaritasi tuziladi. Uning asosida tuproqlarning
holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan gidrotexnik, agromeliorativ va
agroiqtisodiy echimlar tarkibi va me’yori, meliorativ jarayonlarni yerdan
foydalanish davrida o‘zgarishi bashorat qilinadi.
Shuning uchun tuproq-meliorativ xarita hudud tuproqlarining o‘ziga
xos hususiyatlari (sho‘rlanish, botqoqlanish darajasi), geomorfologik va
gidrologik sharoitlarini ifoda etish shart. Tuproq-meliorativ xarita va unga
tushuntirish
xati
gidrogeologlardan
hududning
geomorfologiyasi,
sho‘rlanish darajasi (2m qatlamning), yer osti suvlarini chuqurligi,
sho‘rlanish darajasi turi, gidrogeologik rayonlashtirishga oid ma’lumotlar
olingandan so‘ng tayyorlanadi. Tuproq-meliorativ xarita tayyorlanganda
o‘rganilayotgan tuproqlar bir xil gidrotexnik va agrotexnik tadbirlar
qo‘llaniladigan meliorativ guruhlarga ajratiladi.
Tuproqlarni mintaqalar, viloyatlar yoki tumanlar miqyosida
o‘rganish uchun birinchi navbatda ayrim xo‘jalik xaritasi va
xaritogrammasini amaliy mashg‘ulotda chizish (nusxa ko‘chirish) va
o‘rganish zarur. Bunda tuproqlarning agronomik, agro ishlab chiqarish
tavsifiga qarab guruhlarga ajratish va tuproq bonitirovkasiga ahamiyat
beriladi.
Mashg‘ulot davomida talabalar alohida xo‘jalik tuproq xaritasidan
nusxa ko‘chirish va shartli belgilarini joylashtirishni o‘rganadilar. Tuproq
xaritasini o‘rganishda uning masshtabiga, tayyorlangan vaqtiga (yil)
e’tibor beriladi. Xaritada ajratilgan tuproq tiplari, tipchalari va boshqa
taksonomik birliklari, ularni ifodalagan belgilar batafsil o‘rganiladi.
Tuproqlarni xarita bo‘yicha xo‘jalikda tarqalishini o‘rganish
jarayonida aniqlangan tuproqlarni qaysi yer turida, hududning
geomorfologik elementida (nishabligida) joylashganligi aniqlanadi.
Tuproq xaritasidagi yotiqliklarga va hududning geomorfologik
tuzilishiga (past-balandligiga) qarab tuproqlarning joylashishi va ro‘yxati
tuziladi.
92
Do'stlaringiz bilan baham: |