Tuproqning solishtirma qarshiligi - tuproqqa ishlov berish uchun
sarflanadigan kuchlarning umumiy ko‘rsatkichidir. Solishtirma qarshilik
deb, tuproq qatlamini qirqish, ag‘darish uchun hamda qurollar yuzasiga
tushadigan qarshilikni yengish uchun sarf bo‘lgan kuch miqdoriga aytiladi.
Solishtirma qarshilik tuproq qatlami ko‘ndalang kesimining 1 sm
2
yuzasiga qancha kg kuch sarf bo‘lganiga qarab aniqlanadi. Tuproqning
mexanik tarkibi, fizik-kimyoviy xossalari, tuproq namligi ko‘ra solishtirma
qarshilik 0,2-1,2 kg\sm
2
oralig‘ida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |