Muloqot savollari:
1. Tuproq deganda nima tushuniladi?
2. Tuproq hosil bo‘lishda ishtirok etuvchi omillarga nimalar kiradi?
3. Tuproq hosil bo‘lishda quyosh energiyasining ahamiyatini izohlang.
4. Tuproq hosil bo‘lish sharoitlari deganda nimalar tushuniladi?
1.3. Tuproqning tuzilishi va mexanik tarkibi
Tuproq morfologiyasi deganda, uning tashqi ko‘rinishini izohlovchi
belgilar tushuniladi. Ularga tuproqning genetik qatlamlari, tuproq qalinligi,
namligi, rangi, donadorligi, mexanik tarkibi, joylashishi, yangi yaralmalar
va qo‘shilmalar kiradi. Tuproqning morfologik belgilari, asosan
tuproqning hosil bo‘lish, rivojlanish xossalarini izohlaydi.
Tuproq qatlami bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan va muntazam ravishda
nisbatan o‘zgaruvchan genetik qismlardan iborat. Tuproqning genetik
qatlamlari bir-biridan rangi, donadorligi, joylashishi, har xil qo‘shimcha va
yangi hosil bo‘lgan moddalarning miqdori bilan farqlanadi.
To‘liq rivojlangan tuproq quyidagi genetik qatlamlardan iborat:
A - gumusli-akkumullyativ qatlam;
11
B - illyuvial yoki o‘tuvchi qatlam;
C - tuproq hosil bo‘lish jarayonida kam o‘zgargan ona jins;
D - tuproq qatlami ostida joylashgan tuproq hosil bo‘lish jarayonida
o‘zgarmagan ona jins.
Tuproqning genetik qatlamlari morfologik belgilarning miqdoriy
ko‘rsatkichlari va boshqa xususiyatlariga qarab qatlamchalarga bo‘linishi
mumkin (A
0
, A
1
, A
2
va h.k.).
Tuproqning rangi uning tarkibidagi minerallar, kimyoviy va organik
moddalarning miqdoriga bog‘liq bo‘lib, asosiy morfologik belgilardan biri
hisoblanadi. S.A.Zaxarov bo‘yicha tuproq qora, to‘q-kashtan, kashtan,
och-kashtan, jigarrang, qizil, to‘q-qo‘ng‘ir, och-qo‘ng‘ir, to‘q bo‘z, tipik
bo‘z, och-bo‘z, sariq, oqish va oq ranglarga bo‘linadi.
Tuproq donadorligi deganda uning qattiq qismining makroagregat
tuzilishi tushuniladi. Tuproq agregatlari mayda zarrachalarning bir-biri
bilan birlashishi (yopishishi) natijasida (1 mm dan 10 mm gacha)
donadorlik shakllanadi.
Donadorlik
makroagregatlarning kattaligi va shakliga qarab
quyidagilarga bo‘linadi:
mikrodonadorlik – zarrachalar diametri 0,25 mm dan kichik;
makrodonadorlik – zarrachalar diametri 0,25 mm dan 10 mm gacha;
megadonadorlik – zarrachalar diametri 10 mm dan katta.
Tuproq donadorligi o‘zgaruvchan ko‘rsatkich bo‘lib, agrotexnik
tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, dehqonchilik madaniyatining
holati bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Tuproq joylashishi (qovushmasi) – qatlamdagi g‘ovaklik va
zichlikning tashqi ko‘rinishini ifodalaydi. Tuproq qatlami joylashishi
bo‘yicha juda zich, zichlangan, g‘ovak va sochilmali bo‘ladi.
Tuproq hosil bo‘lish jarayonida vujudga kelgan, shakli va tarkibi har
xil bo‘lgan turli holatdagi moddalarga tuproqning yangi yaralmasi
deyiladi. Qatlamda to‘planib qolgan kalsiy xlorid, magniy sulfat, gips va
ohak singari tuzlar, temir, marganets va kremniy oksidlari birikmalari
kimyoviy yangi yaralmadir. O‘simliklar ildizlarining o‘rni, jonivorlar
chiqargan moddalar biologik yaralma deyiladi.
12
Tuproq hosil bo‘lish jarayoniga aloqasi bo‘lmagan, chetdan qo‘shilib
qolgan mineral, tog‘ jinsi parchasi, organizm qoldiqlari va boshqalar
tuproqning qo‘shilmasi deyiladi.
Hayvonlarning suyagi, o‘simliklar qoldig‘i biologik qo‘shilma, tosh,
shag‘al va boshqalar mineral qo‘shilma, ko‘mir bo‘laklari, uy hayvonlari
suyagi, uy-ro‘zg‘or asboblarining sinig‘i, inson suyaklari arxeologik
qo‘shilma deyiladi.
Turli kattalikdagi zarrachalar odatda turli xil minerologik va kimyoyiy
tarkibga ega bo‘ladi. Tuproqlardagi mexanik elementlar boshlang‘ich ona
jinslardan o‘tadi va bir qismi tuproq hosil bo‘lish jarayonida ham hosil
bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi turli o‘lchamli alohida zarrachalarga mexanik
Do'stlaringiz bilan baham: |