57 1 -modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganida jazo tayinlash Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining
“a”
va
“b”
bandlarida nazarda tutilgan jazoni
yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan va ushbu Kodeks 56-moddasining
birinchi qismida
nazarda
tutilgan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda jazo muddati yoki miqdori ushbu
Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning uchdan ikki qismidan
oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-
moddaning
ikkinchi qismi
) va terrorizm (155-moddaning
uchinchi qismi
) bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir
etgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.