251-modda. Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda egallash Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni o‘g‘rilik yoki firibgarlik yo‘li bilan qonunga xilof
ravishda egallash —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) o‘zlashtirish, rastrata qilish yoki mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan;
g) talonchilik yo‘li bilan;
d) tamagirlik yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) bosqinchilik yo‘li bilan;
b) ko‘p miqdorda;
v) uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.