Algoritmlash va dasturlash tillari fanini o’qitishda interaktiv testlardan foydalanish



Download 219,37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.09.2021
Hajmi219,37 Kb.
#181430
Bog'liq
algoritmlash va dasturlash tillari fanini oqitishda interaktiv testlardan foydalanish



ALGORITMLASH VA DASTURLASH TILLARI FANINI O’QITISHDA 

INTERAKTIV TESTLARDAN FOYDALANISH 

 

Tangirov X.E. - o’qituvchi, Dustqulov J.M., Abduhakimov R.F. - talabalar 

Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax 

 

Har  bir  mutaxassis,  u  qaysi  sohada  ishlashdan  qat'iy  nazar,  o’z  vazifasini 



zamon  talabi  darajasida  bajarishi  uchun  axborotni  ishlab  chiqaruvchi  vositalar  va 

ularni  ishlatish  uslubiyatini  bilish  va  ishlash  ko’nikmalariga  ega  bo’lishi  zarur.  Shu 

sababli,  bugungi  kunda  mustaqil  Rеspublikamizda  ta’lim  sohasida  amalga 

oshirilayotgan  tub  islohotlar,  jumladan,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  da 

“Kadrlar  tayyorlash  tizimi  va  mazmunini  mamlakatning  ijtimoiy  va  iqtisodiy 

taraqqiyoti  istiqbollaridan,  jamiyat  еhtiyojlaridan,  fan,  madaniyat,  tеxnika  va 

tеxnologiyalarning  zamonaviy  yutuqlaridan  kеlib  chiqqan  holda  qayta  qurish 

nazarda tutiladi”,  dеb ta’kidlangan.   

Kompyuter  texnologiyalari  imkoniyatlarining  asosiy  negizi  foydali  dasturlar 

yaratish  va  ulardan  to’g’ri  va  unumli  foydalanishdir.  Bunday  dasturlarni  yaratish 

texnologiyasini  o’rganish  umumiy  o’rta,  o’rta  maxsus  va  kasb-hunar,  oliy  ta’lim 

tizimlarida  ham  joriy  etilgan.  Hozirda  dunyo  bo’yicha  keng  tarqalgan,  hisoblash, 

muhandis-tеxnik,  iqtisodiy,  turli  axborotlarni  tahlil  qilish  va  boshqa  masalalarni 

yеchish  uchun  yuqori  darajadagi  dasturlash  tillari  sifatida  Basic, Pascal,  Delphi, C, 

C++, C#, Java, PHP kabilarni misol keltirishimiz  mumkin. 

Biz  bilamizki,  bunday  barcha  dasturlash  tillarining  asosini  algoritm  tashkil 

etadi.  Biror  bir  dastur  yaratish uchun dastavval uning algoritmini tuzish va shundan 

so’ng  ixtiyoriy  dasturlash  tili  orqali  kompyuterdan  natija  olishimiz  mumkin. 

Dasturlash  biror  bir  algoritmning  kompyuter  tushunadigan  tilda  ifodalanishi,  ya’ni 

algoritmning  kompyuterga tushuntirish  usulidir. 

Algoritmlash  jarayoni  murakkab  jarayon  hisoblanib,  o’quvchidan,  albatta 

kuchli  bilim  va  ko’plab  mashq  qilishni  talab  etadi.  Kompyuter  dasturlarini 

algoritmlashni  o’rganish  uchun  avval  sodda  va  tushunarli  jarayonlardan  boshlash, 



sekin  asta  qiyinlik  darajasini  oshirib  borish  lozim.  Respublikamizning  ko’plab 

ta’lim  muassasalarida  biror  fandan  test  o’tkazish  uchun  maxsus  Easy  Quizzy 

dasturidan  keng  foydalaniladi.  Ammo,  biz  bu  dasturdan  nafaqat  o’quvchilar 

bilimini  nazorat  qilish  va  baholashda,  balki  ular  bilimlarni  mustahkamlashda  ham 

foydalanishimiz  mumkin.  Ushbu  dasturni  “Algoritmlash  va  dasturlash  tillari” 

fanida qanday qo’llash mumkin? 

Easy  Quizzy  dasturida  test  o’tkazishning  qarama-qarshi  tanlovli,  bir  tanlovli, 

ko’p  tanlovli,  to’g’ri  ketma-ketlikni  o’rnatish  (ya’ni  o’sish  yoki  kamayish  tartibida 

javoblarni  joylashtirish),  to’g’ri  moslikni  o’rnatish,  erkin  javob  yozish  kabi  turlari 

mavjud.  Masalan,  to’g’ri  ketma-ketlikni  o’rnatish  turida  savol  o’rnida  biror masala 

algoritmi  ta’rifi  keltiriladi  va  javob  variantlariga  algoritm  bosqichlari  ketma-ket 

kiritiladi.  Test ishga tushirilganda  quyidagi  ko’rinishda beriladi: 

 

Xuddi  shunday  usulda  testning  boshqa  turlaridan  ham  foydalanishimiz 



mumkin.  Shunindek,  biror  bir  dasturlash  tilini  o’rganishda  blok-sxema  o’rnida 

dastur  kodini  ham  berish  mumkin.  Bunday  mashqlar tez, oson, qiziqarli  bo’ladi va 

qisqa  vaqtda  ko’plab,  turli  xil  algoritmlar,  dasturlar  bilan  tanishish  imkonini 

beradi. Test yakunida natijalarni  ko’rish, xatolarni  tahlil  qilish  mumkin. 

Bunday  ko’rinishdagi  mashqlarni  bajarish  o’quvchilarda  bilim  va  ko’nikmalar 

hosil qiladi.  O’qituvchini  esa fanni  qiziqarli  o’tishida o’z ustida ishlashga undaydi. 



Ilova:  e-mail: xurram_t@mail.ru,  tel: +99893-650-25-80   

Download 219,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish