6–kichik ko‘krak mushagi.
154
4. Oldingi tishchali mushak (m. serratus anterior) keng
to‘rtburchak shaklida bo‘lib, ko‘krak qafasini yon tomonida yota-
di. U 8–9 ta tishcha bilan yuqorigi qovurg‘alardan boshlanadi va
kurakning ichki chekkasiga hamda ostki burchagiga birikadi.
Faoliyati: kurakning ostki burchagini oldinga va lateral to-
monga tortib, kurakning lateral burchagini yuqoriga hamda ichki
tomonga yo‘naltirib, qo‘lni gorizontal holatdan yuqoriga ko‘ta-
radi. Kurak qimirlamay turganida qovurg‘alarni ko‘tarib ko‘krak
qafasini kengaytiradi va nafas olishda ishtirok etadi.
Ko‘krak qafasining xususiy (autoxton) mushaklariga tashqi va
ichki qovurg‘alararo, qovurg‘alar ostidagi va ko‘krakning ko‘nda-
lang mu shaklari kiradi.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: