6.2. GIDRAVLIK KUChAYТIRGIChLAR
Gidravlik kuchaytirgichlar avtomatika tizimlarida keng ishlatilmoqda.
Ayniqsa, zolotnik bilan boshqariladigan porshenli gidravlik kuchaytirgichlar eng
ko‘p tarqalgan. Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi avtomatika
tizimlarida gidravlik kuchaytirgichlar pnevmatik kuchaytirgichlarda nisbatan
ko‘proq ishlatiladi. Ular mobil mashinalarning avtomatika tizimlarida (o‘rnatma
agregatlarni boshqarish uchun) va traktorlar hamda kombaylarni avtomatik
xaydash (boshqarib borish) tizimlarida ishlatilmoqda.
Zolotnik bilan boshqariladigan porshenli gidravlik kuchaytirgichning
prinsipial sxemasi 6,9 a-rasmda ko‘rsatilgan (odatda porshenli nasoslar ishlatiladi).
Ish suyuqligi yoki temperaturali qovushoqlik koeffitsiyenti kichik bo‘lgan
maxsus suyuqliklarning bosimini hosil qiladi va bu bosimni saqlaydi. Bosim
o‘tkazib yuborish klapani bilan rostlanadi. Kuch silindri 4 ga birlashtirilgan
124
kanallar neytral vaziyatda to‘liq yopilgan bo‘ladi. Porshen 5 xarakatlanmaydi.
Agar zolotnik 3 ga yuqoriga yo‘nalgan kirish ta‘siri x berilsa, u holda zolotnik
yuqoriga xarakatlanib, teshiklarni ochadi, shunda kuch silindrining yuqori
bo‘shlig‘iga bosim ostidagi moy kiradi, pastki bushlik esa ayni vaqtda kaytarib
tukish trubasiga tutashadi. Nasos 1 ishlab, bak 6 dagi moyni kuch silindri ichiga
xaydagani uchun yuqori bushlikdagi bosim oshadi va porshen 5 pastga siljiydi.
Porshenning xarakati tezligi - silindrga kelayotgan va undan ketayotgan moy
miqdoriga bog‘lik, bu esa o‘z navbatida teshiklarning ochilish qiymatiga bog‘lik.
Gidravlik kuchaytirgichlarnig statikaviy xarakteristikasi 6,9 b-rasmda
ko‘rsatilgan.
6.9 -rasm. Zolotnikli gidravlik kuchaytirgichning sxemasi va uning statik
tavsifnomasi.
Хarakteristikada quyidagi zonalar bor: 2a ga teng nosezgirlar zonasi. Bu
zonaning paydo bo‘lishiga sabab shuki, zolotnik belbog‘ining kengligi teshikning
kengligidan bir oz katta - to‘yinish zonasi. Bu zona zolotnik teshiklarning to‘liq
ochilishiga mos bo‘ladi, shuning uchun porshening xarakatlanish tezligi bu yerda
endi kattalasha olmaydi. Agar zolotnik siljiganda (6.9-rasm) topshiriqlar to‘liq
ochiladigan holatga (Х max) yeta olmasa va nosezgirlik zonasi e‘tiborga olinmasa,
statik xarakteristkasini taxminan chiziqli deb hisoblash mumkin (rasmda punktir
bilan ko‘rsatilgan).
125
Gidrokuchaytirgichlar teskari aloqasiz va gidrotsilindr porshenning vaziyati
bo‘yicha bikr teskari aloqali qilib ishlab chiqariladi. Gidrokuchaytirgichlarning
chiqishida katta quvvatlarni olish uchun kaskadli birlashtirish usuli qo‘llaniladi,
shunda birinchi kuchaytirgichning ijrochi organi navbatdagisining rostlovchi
organiga ta‘sir etadi.
Gidrokuchaytirgichlarning chiqish quvvati bir, o‘n, yuz va bundan ortiq
kilovattni tashkil etishi mumkin, kuchaytirish koeffitsenti juda katta (3.10. ---
3.10. ) bo‘lib, kuchaytirgichi juda tezkor.
6.3. Oqim quvurchali gidravlik kuchaytirgichlari
Ushbu turdagi kuchaytirgichning sxemasi 6.10-rasmda ko‘rsatilgan.
Mumdshtukdan 3 tezlik bilan oqib chiqarilgan suyuqlikning bosimi uning holati
neytraldan o‘zgartirilganda 4 va 5 quvurchalarda o‘zgaruvchan bosimga
aylantiriladi. Oqim quvurchasi 2 olib beruvchi 1 quvurga ulangan. Mumdshtukdan
oqib chiqayotgan suyuqlik quvurchalarni birisiga o‘tib tezlikni bosimga
aylantiriladi. Mumdushtukni neytral holatida 4 va 5 quvurchalardagi bosim teng va
porshen 7 xarakatlanmaydi. Mumdshukni holati o‘zgarilishi bilan quvurchalarni
bittasida bosim oshib, ikkinchisidan kamayib ketadi. Buning natijasida porshen
xarakatlanib ijro mexanizmni ishga tushiradi.
6.10.-rasm. Oqim quvurchali gidravlik kuchaytirgichning sxemasi.
126
Do'stlaringiz bilan baham: |