Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

                                                 Qurol a`zolar. 
Qurol  a`zolarga  qo`l,  oyoq,  yuz,  bosh  va  ko`krak  qafasi  kiradi.  Bu  a`zolarni 
qurol  a`zolar  deyishimizga  sabab,  ular  rais  a`zolar  vazifasini  va  harakatlarini  tugal 
bajarishi  uchun  qurol  va  vosita  vazifasini  bajaradilar:  chunonchi  ko`krak  qafasi  
ko`krak  a`zolarini  himoya  qilish  bilan  birga  nafas  olish  aktida  qatnashadi  va 
o`pkadagi  gazlar  almashinuvida  bilvosita  ishtirok  etadi  yoki  qo’l  va  oyoqlarda 
hayotimizda asosiy harakat va ishlarni bajaradigan qurol a`zolardir.                                                     
Arterial qon bilan bosh miyaning oldingi qorinchasiga yetib  kelgan hayotiy ruh 
uning mizojini qabul qila boshlaydi va unda sifat o`zgarishi  natijasida nafsoniy ruh 
shakllana boshlaydi. O`rtà qorinchadan o`tib oxirgi to`rtinchi qorinchaga yetib  borib 
to`liq  shakllanib  yetiladi,  ana  shu    shakllanish  jarayonida  birinchi  qorinchada 
o`rnashgan  tashqi  sezgi  quvvatlarni  qabul  qilib,  ko`rish,  eshitish    va  ta`m  bilish 
a`zolarini  faoliyatini  amalga  oshiradi.  Agar  bu  joyda  nafsoniy  ruhning  sifati  yoki 
o`tishi  qiyinlashsa,  a`zo  o`z  faoliyatini    qisman  bajaradi  yoki  umuman  yo`qotadi. 


55 
 
O`rta  qorinchada  esa  ichki  idrok  quvvatlarini  qabul  qilib,  yod  olish,  tafakkur, 
fikrlash  qobiliyatini  harakatga    keltirsa,  orqa  qorinchada  to`liq  shakllanib  yetilgan 
nafsoniy  ruh  a`zolardagi  bukilish  va  yozilish,  sezish,  esda  saqlash  va  farosat  kabi 
faoliyatlarni shakllantirib harakatga keltiradi                  
                                                 
      1.Arterial qon tarkibida rais a`zo jigarga yetib  kelgan hayvoniy ruh, uning 
mizojini qabul qilib sifat o`zgarishi natijasida tabiiy ruhga aylanib xizmat qilinuvchi 
va xizmat qiluvchi quvvatlarni qabul qilib shaxsni saqlaydi, agar o`sish yoshida 
bo`lsa, uni o`stiradi, ya`ni jigarda kechadigan hazm jarayonini bajaradi va 
organizmni oziqlantirish uchun oraliq mahsulot kaymus va tabiiy xiltlarni hosil 
bo`lishini ta`minlash bilan birga qon tarkibida organizm a`zolariga iste`mol 
mahsulotini suvli qismini siydik sifatida ajralishini bajaradi.  
2.Rais  a`zo  -moyaklarga  yetib    kelgan  hayotiy  ruh,  uning  mizojini  qabul  qilib, 
sifat  o`zgarish  natijasida,  tabiiy  ruhga  aylanib,  navni  saqlovchi,  shakl  beruvchi 
quvvatlarni  harakatga  kelishini  ta`minlaydi.  Tuxumdonlarga  yetib    borgan  hayotiy 
ruh mizojini qabul qilishi va sifat o`zgarishi natijasida  tabiiy ruhga aylanib, tuxum 
hujayralarini oziqlanishi va yetilishini ta`minlaydi.  
Agar  tabiiy  va  nafsoniy    ruhlarning  sifati,  miqdori    va  yetib    kelishida  biror 
kamchilik  kuzatilsa,  a`zolar  o`z  faoliyatini  nuqsonli  bajarishi  yoki  umuman 
bajarmasligi mumkin.  
   Agar  hayotiy  ruh  sifatida  o`zgarish  bo`lsa  kasallik  paydo  bo`ladi.  Mabodo 
uning hosil bo`lishi to`xtasa yoki u tarqalsa o`lim sodir bo`ladi.  

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish