Bo`g’im og’rig’iga uchraganlar uchun dog’lash tadbiri. Ular uchun foydali
dog’lash yoki shuning o`rniga o`tadigan tadbirlarning biri shuki, kasalni kerakli
holatda yotqizib qimirlamaslikka buyurasan, og’riyotgan bo`g’in tevaragini xamir
bilan o`raysan, uning o`rtasiga tuz to`lg’izib, ustiga ozgina zaytun yog’i quyasan,
buning ustidan latta bilan yopasan. Keyin turli dog’lash asboblarini keltirib, ular- ni
qizdirishda oldin kasal issiqni sezmaydigan qilib, keyin sezadigan, so`ngra chiday
olmaydigan darajagacha qattiq qizdirib dog’la. Dog’lash toqatdan tashqari bo`lgach,
375
xamirni tozalab olasan, tuz va yog’ tushib ketsin uchun kasalni bir oz qiyshayib
yotishga buyurasan, keyin bo`g’inni yung bilan bekitib, bog’lab qo`yasan.