Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


III-bosqich - Bavosirni davolashda qo`llaniladigan dorilarni ishlatish



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

III-bosqich - Bavosirni davolashda qo`llaniladigan dorilarni ishlatish 
qonuniyatlari 
-Bavosirni davolashdagi dorilar quyidagilar:  
-Og’riqni qoldirish. 
-Bavosir  tugunlarini ochish.  
-Ochilgan tugunlarga et undirib davolash.  


308 
 
-Haddan tashqari oqayotgan qonni to`xtatish maqsadlarida qo`llaniladi.  
-Buning  uchun  dorilar  ichiriladi,  shiyof  qilinadi,  surtiladi,  chaplanadi,  qo`yib 
bug’lanadi,  sepiladi,  tutatiladi  yoki  bug’lantiriladi.  Bularning  hammasi  oddiy  yoki 
murakkab  holda  qo`llanilib,    shishlar  va  yaralar  bo`lsa,  oldin    davolanib,  so`ngra 
bavosir  xastaligi davolaniladi.  
2. Tugunlarni kesish tartibi. 
Agar  kesishga  tegishli  bo`lgan  tugunlar  ko`rinib  turgan  bo`lsa,  uning  tadbiri 
osonroq, lekin tugun ichkariga botgan bo`lsa va  ko`zga ko`rinmasa uni kesish ancha 
qiyinchiliklar bilan bo`ladi.  
A)  Tuguni  ko`rinib  turgan  bavosirni  tagidan  ipak  yoki  kanop  ip  bilan,  yohud 
qalin qil bilan bog’lanadi. Shu  muolaja bilan bavosir tuguni tushib ketsa, ketgani, 
bo`lmasa  dorilardan  ishlatib  ko`riladi,  bunda  ham  tushmasa,    tugun  tagidan  kesib 
tashlanadi.  
B)  Bavosir  tuguni  ichkariga  botgan  bo`lsa,  ya`ni  Ichakichida  bo`lsa,  avval 
Ichakag’dariladi  va  tugunlar  tashqariga  chiqariladi,  so`ngra  kesib  tashlanadi. 
Ag’darish,  qortiq  solish  yo`li  bilan  bo`ladi,  qortiqni  ma`qadga  toki  tugunlar 
ag’darilib  chiqqunga  qadar  qo`yib  qo`yiladi,  so`ngra  tugun  qolip-tutqich  bilan 
ushlanadi. Tugunni tezda o`rniga qaytishidan qo`rqilsa,  qortiqni u  qo`yilgan joyini 
toki shishib chiqqaniga  qadar qo`yib qo`yiladi, shunda tugun qaytib ichkariga botib 
ketmaydi.  Yoki  ba`zida  tugunni  tezlikda  shishib  ketadigan  darajada  ip  bilan  qattiq 
bog’lanadi.  
Ba`zi  holatlarda  ag’darish  muolajasini  dorilar  yordamida  bajariladi.  Buning 
uchun xotinak shirasi, ho`l ukrop, tog’ mayizlaridan olinib asal bilan qoriladi va orqa 
teshikka  surtiladi,  yoki  bu  qorishmani  jun  parchasiga  surtib  shiyof  qilinadi.  Bu 
usulda  shiyof  qilingan  yoki  surtilgan  dori  axlatni  chiqarishga  undab,  ma`qadni 
zo`riqtiradi  va  tugunlarini  tashqariga  chiqishini  osonlashtiradi.  Bu  maqsadda  yana 
quyidagi  darmonlar  ishlatiladi:  tabiiy  soda  bilan  qora  mol  o`ti,  yoki  tabiiy  sodani 


309 
 
murch bilan qo`shib ham ishlatiladi. Ba`zida tabiiy soda bilan tog’ mayizini ishlatish 
ham ijobiy natija beradi.  
Bavosir  tugunlarini  kesishdan  oldin  ehtiyot  yuzasidan  bosliq    tomiridan  qon 
olinadi.  
S) Bavosir tugunini kesish uslubi: Bavosir tugunlarini kesmoqchi bo`lgan tabib, 
tashqariga  chiqib  turgan  yoki  qisqich  bilan  tashqariga  chiqarilgan  tugunni  o`ziga 
tortib  uni  nashtar  bilan  ildizidan  kesib  tashlaydi.      Bavosir  ildizidan  nariga  o`tish 
yoki ildizini qoldirib kesish yaramaydi. Chunki bunday hollar boshqa ofatlarni, ya`ni 
bavosir  tugunlari  shishlarini,  kuchli  og’riqlarni,  ba`zida    esa  siydik    tutilishi 
holatlarini keltirib chiqariladi.  
Bavosir  tuguni kesilgach,  to kasal  zaiflashib  kuchdan    ketish  xavfi  tug’ilgunga 
qadar  qon  oqishga  yo`l  qo`yiladi,  so`ngra  yuqorida  izohlangan  qon  to`xtatuvchi 
uslublar  bilan  oqayotgan  qon  to`xtatiladi.  Mabodo  bavosir  tugunini  kesganda  ko`p 
qon  oqmasa,  bosliq  tomirlaridan  qon  olinadi,  agar  kasal  ko`tara  olsa  va  uni  og’riq 
kuchidan  zaiflashishidan  qo`rqilmasa  yuqorida  zikr  qilingan  tomir  ochuvchi 
dorilarni qo`llab qon og’izishga to`g’ri keladi. Ba`zida bu maqsadda piyoz shirasini 
ishlatishni o`zi kifoya qiladi. Agar bavosir tugunlarini kesganda, ma`qadni og’riqdan 
shishib  ketish  yoki  qattiq  og’riqi  kuzatilsa,  unda  muhilni  arab  tuyasining  o`rkachi 
bilan bug’latib, oq nonga tuxum sarig’i, biroz afyun va za`faron qo`shib bog’lanadi. 
Bemorni  dalachoy  nabiziga  o`tkazish,  og’riqni  qoldiruvchi  vosita  hisoblanadi, 
bunga  yetadigani  yo`q.  Bemorni  yumshatuvchi  dorilar  solib  qaynatilgan  suvlarga 
o`tkazish h’am og’riqni qoldiruvchi vositalardandir. Zig’ir urug’i, gulxayri va  uning 
urug’i, karam, kabilar yumshatuvchi dorilar hisoblanadi.  
Ichakbavosiri  tugunlarining  shishlariga  qarshi:  tosh  upasi  va  kangardan  bir 
uqiyadan, kuydirilgan qo`rg’oshindan ikki uqiya, mastakidan uch dirham olib ming 
devona bilan qo`shib, qo`yib bog’lanadi.  


310 
 
Bavosir tugunlarini kesgandan so`ng  Ichakshishlari va og’rig’ini qoldirish bilan 
birga ich qotishiga yo`l qo`ymaslik lozim. Agar siydik tutilishi voqe` bo`lsa, bavosir 
shishlarini  yumshatish  bilan  davolananiladi.  Kesilgan  tugundan  kuchli  qon  ketish 
kuzatilsa,  qonni  to`xtatuvchi  tadbirlarni  qo`llash    bilan  birga  bemorni  bir  kecha 
kunduz hojatga borishiga mone`lik qilinadi. 
Agar bavosir tugunlarini asbob bilan yorish istalmasa yoki biror mone`lik bo`lsa, 
unda  yuqorida  davolashni  umumiy  qonuniyatlari  bo`limida  zikr  qilingan 
darmonlarni qo`llab maqsadga erishiladi.  

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish