Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Buzilgan quruq mizojning belgilari



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/301
Sana20.09.2021
Hajmi3,05 Mb.
#180093
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   301
Bog'liq
ibn sino talimoti

Buzilgan quruq mizojning belgilari. 
Tilning haddan tashqari quruqligi, badanning ozishi va tabiiy qotmalikdan ko’ra 
ko`proq qotmaligi, rutubatli ovqatlarning va rutubatli havoning yoqishi belgi bo`ladi. 
 
 


300 
 
Buzuq ho’l mizojning belgilari
Bu mizojga kam tashna bo`lish, rutubatli ovqatlardan nafratlanish, ularning zarar 
qilishi, oz va quruq ovqatning foyda qilishi belgi bo`ladi. Yana bunga so’lak va og’iz 
suvining  ko`pligi  ham  dalolat  qiladi,  agar  bu  holat  ochlikda  yuz  bersa,  ko`pincha  
me`dadagi harorat va rutubatga dalil bo`ladi, goho haroratning yolg’iz o’zidan ham 
shunday  bo`ladi.  Ko`pincha  ayrim  kishilarda  me`daning  og’zida  ho’llab  turuvchi 
rutubat  bo`ladi.  U  kishi  har  vaqt  biror  narsa  yeganidan  so`ng  o’rnidan  qo’zg’alsa, 
qusib  tashlaguday  bo`ladi.  Shu    hol  goho  me`da  kuchsizligidan  ham  bo`ladi,  lekin 
bunda  yuqorida  aytilgan  me`da  kuchsizligining  belgilari  ham  bo`ladi.  Bu  narsa 
me`da bo’shlig’ida va ovqat yemaganda ham bo’laveradi. Oldingi hol esa faqatgina 
ovqat yeganda paydo bo`ladi. 
                         Me`daning buzilgan sovuq ho’l mizojini davolash 
Bu mizoj moddali bo`lsa, qonun va qoidalarda aytilganiga muvofiq bo`shatilsin. 
Agar  modda  ko`p  bo`lmasa,  bu  haqida  tajriba  egalarining  mashhur  yo`llari  bor. 
Modda  bo`lmaganda  ovqatlantirishdagi  yo`l  mana  shunday  kasalni  burishtirishi  va 
achchiqligi  bor  narsalar  bilan  ovqatlantiriladi,  shunda  ular  burishtirish  xususiyati 
bilan quritadi va achchiqligi bilan qizitadi.  
Taxir sharob ham shular jumlasidandir. Ichiladigan dorilardan erman qo`shilgan 
dorilar, erman sharobi, ermanning o`zi va behi bilan tayyorlanadigan dorilar beriladi. 
Qo`yib  bog’lanadigan,  surtiladigan  va  ishqalanadigan  dorilarga  kelsak,  qo`yib 
bog’lanadiganlarni  amom,  xushbo’y  qamish,  sunbul,  sodaj,  ladan,  mukl,  gulsafsar 
ildizi,  bal'zam,  uning  yog’i  va  urug’i  va  may`a    yelimidan  tayyorlab  ishlatiladi. 
Surtiladigan dorilar mastaki yog’i, zaytun yog’i, rum sunbuli yog’i va behi yog’idan 
tayyorlanadigan mumli yog’lar bo`ladi. Agar bular yetarli ta`sir qilmasa, tarqatuvchi 
quyuq  surtmalarni  va  tog’  gazago`tining  yelimidan  tayyorlanadigan  dorini 
ishlatadilar.  


301 
 
Kuchli  quyuq  surtmalardan  biri  mana  bu  za`faron  shom  sunbuli,  mastaki  va 
balzam  yog’ining  har  biridan  bir  bo`lak    asaldan  uch  bo`lak,  murrdan  uch  bo`lak, 
saqichdan  bir  yarim  bo`lak,  farfiyundan  bir  bo`lakni  olib  shu    tarkibdan  quyuq 
surtma dori qilinib ishlatiladi bundan ozgina ichilishi ham mumkin. 
Yana  boshqa  quyuq  surtma  to’rt  bo`lak  ma’ya  yelimi,  uch  bo`lak  mum,  ikki 
bo`lak  kiyik  iligi,  bir  bo`lak  saqich,  bir  yarim  bo`lak  balzam  yog’i  va  ikki  bo`lak 
Rum sunbulining yog’idan tayyorlanadi. 
Boshqa  quyuq  surtmaning  tarkibi:  uch  bo`lak  ma’ya  yelimi,  uch  bo`lak  kiyik  
iligi,  uch  bo`lak  qizil  sabr  va  ikki  bo`lak  mastaki.  Yana  tarkib:  sakkiz  bo`lakdan 
maya  yelimi va rum  sunbulining  yog’i, uch bo`lak balzam  yog’i, besh bo`lak mum 
olib, mumli yog’ tayyorlab ishlatiladi. 
Solishtirish  usuli  qiyos  bilan  davolovchilar  esa  oldin  kasalni  mo`tadil 
badantarbiyaga, yaxshi kaymusli, hazmi oson ovqatlarni ozgina va hazm qilinadigan 
miqdorda  iste`mol  qilishga  buyuradilar.  So`ngra  bulardan  sekin-asta  aytib  o’tilgan 
dorilarni  va  ularning  o’rniga  o’tadigan,  xushbo’y  issiqlik  juvorishinlarni  iste`mol 
qilishga o’tadilar ularni kasallikka qarshi turish talab qilganiga qarab mo`tadil yoki 
mo`tadildan  ko`proq  miqdorda  beriladi,  shunda  me`da  mizoji  mo`tadil  bo`ladi. 
Falofiliy va kammuniy shu  juvorishinlardan sanaladi. 
Yaxshi dori: tog’ archasining urug’i, saqich va murchning har biridan bir bo`lak.  
Atrogilon  shahridan  keltiriladigan  murr,-  gumonimcha,  bu  may`a  yelimi  bo`lsa 
kerak,-  va  Rum  sunbulining  har  biridan  ikki  bo`lak  fo’trosoliyun,  ya`ni  tog’ 
petrushkasi  va  Rum  sassiq  kavragining  har  biridan  yarim  bo`lak  olib  yetarli 
miqdordagi  asal  bilan  qorib  ishlatiladi.  Agar  me`da  mizojining  sovuqligi  undan 
kuchliroq bo`lsa, amrusiyo va sajazoniyo ichiriladi. Dengiz piyozining ichimligi ho’l 
moddali  va  rutubati  quyuq  hamma  me`da  kasalliklariga  foydali  dorilardan  sanaladi 
uning  tarkibi:  tozalab  to’g’ralgan  dengiz  piyozidan  uch  man  olib  shisha  idishga 
solinadi va olti oy idishning og’zini berkitib  qo’yiladi. 


302 
 
                                 
 
                                    Me`daning buzilgan issiq mizojini davolash 
Me`daning  alangalanishiga  qatiq,  ayniqsa  kashnich  bilan  sirkani  ichirish, 
shuningdek sigir qatig’ining suzmasini berish foyda qiladi. Bodring mag’zi, ayniqsa 
yangi baliq me`da alangasini to’xtatadi. Sovuq suv, sovuqlik ho’l mevalar, sachratqi, 
tarrak, juda ham suvli bo’lmagan shaftoli,- agar u sersuv bo`lsa, safroga aylanadi,- 
koxu,  gurunch,  yasmiq,  sirka  bilan  ho’l  kashnich,  qovoq  va  shularga  o`xshashlar 
beriladi,  agar  zarur  bo`lsa,  ularga  kofur,  sandal  va  gul  aralashtiriladi.  Taboshir 
kulchalarini ham, ayniqsa ichdan o’t o’tayotgan bo`lsa, ichiriladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish